Get Mystery Box with random crypto!

“Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari bilan bog‘liq v | O'zbekiston shifokorlari

“Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.

Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal ta’mli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida e’lon qilinadi.

Ushbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi va bu haqda “Quramax Medical” MCHJ tomonidan realizasiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan