Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston shifokorlari

Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari O
Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari
Kanal manzili: @doctors_uzbekistan
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 709

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-01-02 21:43:35 Bunyodbek Saidov - Shifokorlar

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
340 views18:43
Ochish/sharhlash
2023-01-02 21:21:46 Etilenglikoldan zaxarlanish

Belgilari

Yengil darajada:
-bosh og'rig'i
-nutq buzilishi
-kordinatsiya buzilishi
-og'iz qurishi
-ko'ngil aynishi
-qusish
-ich ketishi
-qorinda va belda og'riq

Og'ir darajada:
-ko'rishni buzilishi
-siydik tuta olmaslik
-tutqanoq
-tana harorati pasayishi
-og'izdan xarakterli hid kelishi
-yuzaki nafas
-aritmiya
-ipsimon puls
-hushdan ketish

Asoratlari:
-miya shishi
-infarkt
-bosh miyaning orqaga qaytmas zararlanishi
-buyrak yetishmovchiligi
-yurak-qon tomir kollapsi

Antidotlari:
-etanol
-fomepizol

Manba: @Dr_Muxtorov

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
962 views18:21
Ochish/sharhlash
2023-01-02 19:39:43
Dorilarning eng yangi avlodi

Ijtimoiy tarmoqlar uchun preparatlar. Yaqin orada shunday dorilarni ham yozishni boshlasak ajab emas.

Masalan:
Tab. “Instagram”
1 tab.dan 3 mahal
instagramdan tiyilish uchun

Yoki kompleks ta'sir qilishi uchun:

Tab."Ijtimoiy tarmoq"
1 tab.dan 4 mahal
Real hayotga qaytish uchun

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
932 views16:39
Ochish/sharhlash
2023-01-02 18:39:58 «Dok-1 Maks» siropida etilenglikol darajasi me’yordan 300 baravar yuqori bo‘lgan

Hindiston dori vositasi O‘zbekistonda kamida 19 bolaning hayotiga zomin bo‘lgan Marion Biotech kompaniyasining guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Farmasevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga «Dok-1 Maks» tarkibidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Hindiston Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Farmasevtika mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash kengashi (Pharmexcil) O‘zbekistonda eng kamida 19 nafar bola o‘limidan so‘ng «Dok-1 Maks» siropini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Mint nashri xabar bermoqda.

Qaror Marion Biotech Pharmexcil`ning 28 dekabrda «Dok-1 Maks» to‘g‘risidagi ma’lumot so‘roviga o‘z vaqtida javob bermaganidan keyin qabul qilindi.
Kompaniya Pharmexcil bilan 2010 yilda kichik partiyalar ishlab chiqaruvchisi va 2016 yildan buyon savdo eksportchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Manba: gazeta.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
616 views15:39
Ochish/sharhlash
2023-01-02 17:07:59
Shifokorlar alifbosi

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
628 viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:38:54Qadrli tibbiyot xodimlari!
Aziz hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan Yangi — 2023 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Xasta dillarda umid va ishonch uyg‘otib, ularni sog‘lom hayotga qaytarish uchun bilim va tajribangiz, mehr va sadoqatingizni baxshida etib kelayotgan, Siz, soha fidoyilarini xalqimiz hamisha yuksak qadrlaydi.

Taraqqiyotga faqat fidoyilik va jasoratli mehnat orqali erishiladi. O‘z huzur-halovatidan kechib, odamlar dardiga darmon bo‘lishni muqaddas burchi, deb bilgan aziz shifokorlar bu borada ham doimgidek oldingi saflarda bo‘lishiga ishonaman.

Biz har bir yurtdoshimizning sog‘ligini mustahkamlash, hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashga qaratilgan samarali tizim yaratishni maqsad qilganmiz. Bunda, albatta, qalbi ham egnidagi libosidek pokiza tibbiyot xodimlari mehnatiga suyanamiz.

Soat millari Yangi yil oqshomiga tobora yaqinlashayotgan ayni damlarda Sizlarni qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, ko‘tarinki kayfiyat tilayman.

Baxtu iqbolingiz ziyoda bo‘lsin! Yuzingizdan tabassum arimasin! Doimo xalq ardog‘ida bo‘ling!

Amrillo Inoyatov,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.4K views14:38
Ochish/sharhlash
2022-12-30 17:19:55
Prezident Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi rahbarini ishdan oldi

Ayni daqiqalarda oʻtayotgan yigʻilishda davlatimiz rahbari sogʻliqni saqlash sohasiga toʻxtalib, “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʻz yumgani bilan bogʻliq vaziyatni qattiq tanqid qildi.

“Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar oʻlimi sohada ishlar ahvolini, nazorat yoʻqligini koʻrsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Kariyevni ishdan oldim. Bunga yoʻl qoʻygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!” — dedi Prezident.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.2K views14:19
Ochish/sharhlash
2022-12-30 17:10:23
Inson salomatligi uchun xavfli boʻlgan dori vositalarining roʻyxati eʼlon qilindi

30-dekabrdan boshlab Oʻzbekistonda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan barcha dori-darmonlari savdosi toʻxtatildi.

Manba: yuz.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
8.8K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-12-30 16:15:22
Prezident farmoni bilan:

Amrillo Shodiyevich Inoyatov Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
3.2K viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2022-12-30 15:25:19Hindistonda “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan zavod ustidan tekshiruvning dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Hindistonda Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti xodimlari, shuningdek, Uttar-Pradesh dori vositalari aylanmasini nazorat qiluvchi boshqarma mutaxassislari Noida shahrida joylashgan “Marion Biotech” zavodini tekshirishni yakunladi.

NDTV telekanali xabariga koʻra, tekshiruv 30-dekabrga oʻtar kechasi nihoyasiga yetgan. Uning natijasida rasmiylar farmatsevtika kompaniyasi zavodida dori vositalari ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatishni talab qilgan.

Telekanal xabariga koʻra, zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarilishi va nazorat qilinishini taʼminlash nuqtai nazaridan ishlab chiqarish amaliyoti talablaridan chetga chiqqani qayd etilgan.

Hindiston sogʻliqni saqlash vaziri Mansux Mandavia tekshiruv yakunlanganini tasdiqladi.

“Dok1 Max” siropining tarkibi buzilgani haqidagi xabarlar tufayli oʻtkazilgan inspektorlar tekshiruvi yakunlandi va “Marion Biotech” kompaniyasining Noida shahridagi barcha ishlab chiqarish faoliyati kecha tunda toʻxtatildi. Tergov davom etmoqda”, — dedi u.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.2K views12:25
Ochish/sharhlash