Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston shifokorlari

Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari O
Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari
Kanal manzili: @doctors_uzbekistan
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 709

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-12-21 09:19:16 Toshkentda “Tez yordam” xodimlarini kaltaklagan yigit 2 yilga “kesildi”

Toshkent shahrida fuqaro tez yordam xodimlarini kaltaklab, mashinasiga zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi. U ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida soat 19:00 lar atrofida 30 yoshli noma’lum erkak kishida “Qon ketishi (xushsiz)” sababi bilan yo‘lovchi fuqaro tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga chaqiruv kelib tushgan.

“Tez yordam” xodimlari manzilga kelganida, 22 yoshli fuqaro M.A. ko‘chada yon-atrofdagi kishilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. “103” ko‘chma brigadasi unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lganda, fuqaro shifokorlarga kuch ishlatgan. Shiningdek, “Tez yordam” avtomashinasiga jiddiy zarar yetkazgan.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi tomonidan tez tibbiy yordam avtomashinasiga jami 4 mln 392 ming 740 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

“Juda ko‘p ichib yuborganligim uchun bo‘lgan holatni aniq eslolmayman. Hozirda qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi ayblanuvchi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Manba: qalampir.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
945 views06:19
Ochish/sharhlash
2022-12-20 21:14:53
Google shifokorlarning qo‘lda yozilgan tushunarsiz yozuvini tarjima qilib beradigan dasturni taqdim etdi

Google kompaniya taqdimot o‘tkazdi, unda mahsulotlarni aniqlash, matnlarni tarjima qilish va qidiruvda yordam bera oladigan aqlli kamera — Google Lensning yangilanishi haqida so‘z bordi.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.1K views18:14
Ochish/sharhlash
2022-12-19 13:43:00
Qashqadaryolik tadbirkor 1,2 mlrd so‘mga 4 ta tez yordam mashinasini sotib olib, eng chekka qishloq aholisiga sovg‘a qildi

“Buning uchun tadbirkorga Qashqadaryo xalqi, viloyat hokimligi va jamoatchilik nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — dedi viloyat hokimi Murodjon Azimov.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
974 views10:43
Ochish/sharhlash
2022-12-19 13:26:49 BMT: Dunyo aholisining 99 foizi ifloslangan havodan nafas olmoqda

Tahlillarga ko‘ra, atmosfera havosining ifloslanishi dunyoda yiliga 6,7 ming kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda. Xavotirli jihati, kelgusida vaziyat yanada yomon tus olishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda keltirilishicha, hozir sayyoramiz aholisining 99 foizi salomatlik uchun xavf tug‘diruvchi havodan nafas olyapti.

Ifloslangan atmosferada mayda zarrachalar va azot dioksidi miqdori me’yoridan yuqori. Bu omil odamlar o‘rtasida xavfli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Jumladan, zaharli moddalar o‘pka orqali organizmga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, nafas yo‘llarida jiddiy muammolar yuzaga keladi.

Kul zarralari va chang konsentrasiyasi ortishidan allergiyaga moyil bemorlar ham aziyat chekadi. O‘z navbatida, bronxial astma, demans va boshqa ko‘plab surunkali kasalliklar rivojlanishi xavfi paydo bo‘ladi.

Mazkur global muammodan ayniqsa, o‘rta va past daromadli mamlakatlar aholisi eng ko‘p zarar ko‘rishi taxmin qilinyapti.

Shu sababli BMT dunyo davlatlari atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan tezkor va samarali choralar ko‘rishi zarur, degan xulosada.

Kanalimiz
@Doctors_Uzbekistan
706 views10:26
Ochish/sharhlash
2022-12-17 11:24:51
Inson qadriga farg‘onacha "munosabat": Shifokorlar va bemorlarning kuni choyxona binosiga qoldi

Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Qayrag‘och” MFYdagi oilaviy shifokorlik punkti ikki yildirki choyxona binosida faoliyat ko‘rsatadi. Holati abgor bo‘lgan tibbiyot maskani 2020 yil aprel oyida qishloqdagi choyxonalardan biriga vaqtincha ko‘chirilgan edi. Yangi bino foydalanishga topshirilishida kechikishlar sabab aholi aziyat chekmoqda. Choyxona egasi tibbiyotchilarni binosidan chiqara olmayapti.

Videoni koʻrish

Manba: kun.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.0K views08:24
Ochish/sharhlash
2022-12-17 07:02:21 Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak - Erkin Vohidov

Istasang toza ko‘ngilga qo‘nmasin toza g‘ubor,
Pok so‘zu pok ish va pok dil, pok xayol bo‘lmoq kerak.

Jismu jonimga desang, begona bo‘lsin xastalik,
Ishq zavqu dardi birlan xastahol bo‘lmoq kerak.

Qalbga istarsan shifo gar, bo‘l yomon so‘zdan yiroq,
Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak. 

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.6K views04:02
Ochish/sharhlash
2022-12-16 21:49:55
Respublika onkologiya markazining Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallari muayyan muddatga sotuvdan olindi.

Respublika onkologiya markazi binosi sotuvda, markaz yangi qurilayotgan onkologiya kompleksiga ko‘chib o‘tadi.

Manba: yuz.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
738 views18:49
Ochish/sharhlash
2022-12-16 08:24:08 O‘zbekistonga qo‘shni davlatda cho‘chqa grippi avj olyapti

Qirg‘izistonda cho‘chqa grippining 118 ta holati qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot markazi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bishkek, O‘sh va To‘qmoq shaharlarida og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalar va grippga o‘xshash kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish davom etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, bemorlar grippga qarshi tekshiruvdan o‘tkaziladi.

“Oktyabr oyidan hozirgi kunga qadar jami 1149 ta namuna tekshirildi, ulardan 246 tasida gripp, shu jumladan A/H1N1 (cho‘chqa) grippi – 48% (118 ta), B grippi – 41,5% (102), tiplanmagan 7,3 foiz (18), gripp A/N3N2 1,2 foiz (3), H1N1 mavsumiy 2 foiz (5). 38 ta namunada COVID-19 aniqlangan.

“Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish tendensiyasi mavjud. Respublikada alohida holatlar qayd etilgan bo‘lib, ular engil va asemptomatik shaklda davom etmoqda”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Manba: qalampir.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
837 views05:24
Ochish/sharhlash
2022-12-15 19:47:44
O‘zbekistonga davolanish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgan?

Joriy yilning 10 oyida 60316 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 10 oy davomida respublikaga davolanish maqsadida eng ko‘p fuqarolar Tojikistondan (30547 kishi) kelgan.

O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni:

- Tojikiston — 30547 kishi
- Qozog‘iston — 22692 kishi
- Qirg‘iziston — 5952 kishi
- Rossiya — 1001 kishi
- Turkiya — 34 kishi

Manba: qalampir.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
729 views16:47
Ochish/sharhlash