Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tez yordam mashinasi | O'zbekiston shifokorlari

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tez yordam mashinasi avtohalokatga uchradi

1963 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi "Ford" rusumli tez yordam transport vositasi va 1994 yilda tug‘ilgan L.Sh. boshqaruvidagi "Tracker" rusumli transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

— 25 dekabr kuni tungi navbatchilik vaqtida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali 6-bo‘lim 900-mashina haydovchisi N.A. va shifokor S.M. Yunusobod tumanida yashovchi 3,5 yoshli bemorni "O‘tkir bronxit" tashxisi bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borgan, — deydi filial direktori I.Aslonov. — Tibbiy guruh bemorni shifoxonaga yotqizib, soat 02:30 larda ortga qaytib kelayotganda Sebzor mavzesi chorrahasiga yetmasdan "Tracker" mashinasiga urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

SSV Matbuot xizmati.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan