Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston shifokorlari

Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari O
Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari
Kanal manzili: @doctors_uzbekistan
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 709

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-24 22:56:53 O‘zbek olimlari saratonni 99 foizgacha davolash imkonini beruvchi preparat ishlab chiqqani aytildi

O‘zbek olimlari saratonni 99 foizgacha davolash imkonini beruvchi PSMA-617 preparatini ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Ilhom Sodiqov ma’lumot berdi. 

«Eng yaxshi natijalarimizdan biri sifatida 2022 yilning iyun oyida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilgan yangi radiofarmatsevtik vektorli terapiya vositasini misol keltirish mumkin. Bu preparat saraton kasalligini davolashda nihoyatda samarador bo‘lgan yangi dori vositasi hisoblanadi. Bu dori vositasining bitta dozasi hozirgi kunda AQShda 70 ming dollar, Yevropa mamlakatlarida 25 ming dollar atrofida sotilyapti. Bizning institutimizda ushbu dorini respublikamizdagi 3 ta onkologik klinikaga 1,5 dollar narx bilan yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi», dedi professor. 

Qayd qilinishicha, bu dori 2018 yildan boshlab bir nechta chet davlatlarda, har biri o‘zi yaratgan texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarilib, tibbiyotda qo‘llanilmoqda. 

«Biz o‘z texnologiyamiz bo‘yicha mazkur dorini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Hozirgi kunda biz ishlab chiqarayotgan «lyutetsiy-177» nomli izotop dunyodagi boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotidan 10 barobar toza hamda yuqori sifatli radioizotop hisoblanadi», dedi professor.

Manba: kun.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
491 views19:56
Ochish/sharhlash
2023-03-24 08:29:30 Otabek Muhammadzohid - Shifokorlar

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
378 views05:29
Ochish/sharhlash
2023-03-24 08:17:13 O‘lim ko‘paymoqda – JSST butun dunyoni vabo xavfidan ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo kasalligining dunyoda tarqalishi xavfini juda yuqori deb hisoblaydi. 20 mart holatiga ko‘ra, 24 mamlakatda yangi holatlar qayd etilishi davom etmoqda. Bu haqda JSSTning 23 mart kuni e’lon qilingan faktlar varag‘ida so‘z borgan.

“2023 yilning 11 fevralidan, ya’ni dunyoda vaboga oid oldingi sharh e’lon qilinganidan buyon global vaziyat yomonlashdi. To‘rtta yangi mamlakatda kasallikning avj olgani haqida xabar berildi va ularning umumiy soni 20 mart holatiga ko‘ra 24 taga yetdi”, deya ta’kidlaydi JSST.

Qayd etilishicha, mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, JSST global darajadagi havfni juda yuqori deb baholaydi.

2023 yil boshidan Janubiy-Sharqiy Afrikada vabo epidemiyasi kengaydi. Mutaxassislar, xususan, mart oyida Freddi sikloni tufayli Malavi va Mozambikdagi vaziyatning yomonlashishi mumkinligidan xavotirda. Yil boshida Zambiya, Zimbabve, Tanzaniya, Janubiy Afrika va Afrika shoxi mintaqasida yangi epidemiyalar qayd etilgan.

“Ko‘p va bir vaqtning o‘zida epidemiyalarga javob berishning umumiy qobiliyati global resurslarning yetishmasligi, shu jumladan og‘iz vaboga qarshi vaksina (inaktivasiyalangan modifikasiyalangan butun hujayrali bivalent (O1 va O139 seroguruhlari asosida vaksina)ning yetishmasligi tufayli zo‘riqishda davom etmoqda”, deyiladi JSST bayonotida.

Tashkilot, ayniqsa, vabo bilan bog‘liq yuqori o‘limdan xavotirda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlar o‘lim ko‘rsatkichlari o‘tgan yillarga nisbatan yuqoriroq bo‘lganligi haqida xabarlar mavjud. Bayonotda aytilishicha, 2021 yilda o‘lim holatlarining o‘rtacha darajasi dunyo bo‘ylab 1,9% va Afrikada 2,9% ni tashkil etgan, bu sezilarli darajada oshib ketish 1% dan kamroqni va o‘n yildan ortiq vaqt davomida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichni ifodalaydi.

Manba: daryo.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
424 views05:17
Ochish/sharhlash
2023-03-23 10:48:11
2023 yil O‘zbekiston tibbiyotida qanday investisiyaviy loyihalar amalga oshiriladi?

Ular sog‘liqni saqlash tizimining qaysi yo‘nalishlarini qamrab oladi?

Ushbu chora-tadbirlardan qanday natijalar kutilmoqda?

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavha orqali ana shu savollarga javob topishingiz mumkin.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
482 views07:48
Ochish/sharhlash
2023-03-21 20:05:01
O‘zbekistonda 5-6 balli zilzila qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, 21.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzilaning O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Surxandaryo viloyatida 5-6 ball.
Farg‘ona viloyatida 5 ball.
Sirdaryo viloyatida 5 ball.
Jizzax viloyatida 5 ball.
Andijon viloyatida 5 ball.
Samarqand viloyatida 5 ball.
Namangan viloyatida 5 ball.
Qashqadaryo viloyatida 5 ball.
Toshkent shahrida 5 ball.
Navoiy viloyatida 5 ball.
Buxoro viloyatida 5 ball.
Xorazm viloyatida 4-5 ball.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ball.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
674 views17:05
Ochish/sharhlash
2023-03-20 11:21:02
2 oyda 11 ming nafar xorijlik davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko'ra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Ularning safar maqsadlari quyidagicha:

  qarindoshlarni yo‘qlash – 777,6 ming,

dam olish – 58 ming,

  xizmat yuzasidan – 16,9 ming,

davolanish – 11 ming,

tijorat – 5,5 ming,

o‘qish maqsadida – 2 ming kishi.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.1K views08:21
Ochish/sharhlash
2023-03-17 20:57:57
Tanzaniyada noma’lum kasallik avj oldi

Tanzaniya shimoli-g‘arbida noma’lum kasallikdan kamida besh kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi DailyMail.co.uk.

Shu kungacha Kagera hududida sirli kasallikning yettita holati qayd etilgan. Tanzaniya hukumati kasallikni aniqlash uchun shifokorlar guruhini yubordi.

Sharqiy Afrika mamlakati sog‘liqni saqlash idoralari kasallikni «g‘alati» deb hisoblaydi.

Mamlakat bosh shifokori Tumaini Naguning so‘zlariga ko‘ra, kasallik belgilari orasida isitma, bosh og‘rig‘i, holsizlik va burundan qon ketish bor.

«Hukumat ushbu noma’lum kasallikni o‘rganish uchun mintaqaviy mutaxassislar guruhini tuzdi», - dedi professor Nagu.

U mahalliy aholidan xotirjamlikni saqlashni va yuqtirgan odamlar bilan aloqa qilmaslikni so‘radi.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
269 views17:57
Ochish/sharhlash
2023-03-14 19:34:02
JSST rahbari COVID-19 pandemiyasi 2023 yilda tugashiga ishonch bildirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus COVID-19 pandemiyasi 2023 yilda tugashiga va ushbu kasallik bilan bog‘liq xalqaro favqulodda vaziyat rejimi bekor qilinishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda u sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun kichik Tomas Frensis medali bilan taqdirlanganida aytdi, deb xabar beradi TASS.

«Ishonchim komilki, bu yil biz COVID-19 sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat va pandemiya sifatida tugaydi, deb ayta olamiz», – dedi Gebreyesus.

U 11 mart kuni «JSST COVID-19ning global tarqalishini pandemiya deb ta’riflash mumkinligini birinchi marta e’lon qilganiga» uch yil bo‘lganini eslatdi.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
584 views16:34
Ochish/sharhlash
2023-03-14 18:45:17
SSV «Star Med» klinikasi vaqtincha yopilgani haqida rasman ma’lum qildi

Bloger Farhod Mannopov vafot etgan klinika lisenziyasi to‘xtatilganidan so‘ng ham ishlashda davom etayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. SSV holat yuzasidan bergan izohda aytilishicha, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator lisenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan. Klinika vazirlikka 14 mart kunidan 10 kun muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar bergan.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
470 views15:45
Ochish/sharhlash
2023-03-08 00:41:56 Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etgani yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

“Mitti vayn” taxallusi bilan tanilgan 27 yoshli vayner Farhod Mannopov 5 mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan klinikalardan birida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farhod Mannopovning o‘limiga narkozni ko‘p berib yuborish sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura blogerning vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olingani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Manba: daryo.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
474 views21:41
Ochish/sharhlash