Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston shifokorlari

Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari O
Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari
Kanal manzili: @doctors_uzbekistan
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 709

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-01-09 22:52:15
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida vrach ayovsiz kaltaklangani aytilmoqda(2-video)

Huquqni muhofaza qilish organlaridan zo'ravonlarga nisbatan tezkor va qat'iy jazo choralari ko'rilishini so'rab qolamiz!

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
2.3K views19:52
Ochish/sharhlash
2023-01-09 22:50:32
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida vrach ayovsiz kaltaklangani aytilmoqda(1-video)

Huquqni muhofaza qilish organlaridan zo'ravonlarga nisbatan tezkor va qat'iy jazo choralari ko'rilishini so'rab qolamiz!

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
2.3K views19:50
Ochish/sharhlash
2023-01-09 17:04:21
Vrachlarni ishi oson deydiganlar, mana shu sxemani boshidan oxiriga o'qib chiqishsin. Balki keyin tushunishar...

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.5K views14:04
Ochish/sharhlash
2023-01-09 14:40:03
"Sekin kelsak, ayb bizda emas" Toshkentda tez yordam mashinalariga ham jarimalar yozilyapti

Toshkentda tez yordam haydovchilari qoidabuzarliklar uchun jarima qog‘ozlari kelayotgani sabab videomurojaat bilan chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu videmurojaatda haydovchilar chaqiruv bo‘yicha harakatlangan vaqtida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar, xususan, tezlikni oshirish, «polosa»ni bosish, qizil chiroqda o‘tib ketganlik uchun jarima qog‘ozlari kelayotganidan shikoyat qilgan.

Manba: Effect.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
1.3K views11:40
Ochish/sharhlash
2023-01-08 11:37:57 2022 yilda umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalariga sertifikat berish rad etildi(to'liq ro'yxat)

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
902 views08:37
Ochish/sharhlash
2023-01-08 11:36:04 2022 yilda umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalariga sertifikat berish rad etildi

Respublikamizdagi Farmasevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlariga bo‘lgan murojaatlar asosida 2022 yil davomida taqdim qilingan dori vositalari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tahlillar natijasiga ko‘ra 24 ta davlatda jumladan, Avstriya, Argentina, Armaniston, Bangladesh, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Gollandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Rumыniya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Shveysariya davlati hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan 271 turdagi 3 382 502 shartli o‘ram, umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalari (to'liq ro'yxat) sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo‘llash uchun yaroqsiz deb topildi hamda sertifikatlashtirilishi rad etilib, mazkur sifatsiz dori vositalarining muomalaga chiqarilishini oldi olindi.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
724 viewsedited  08:36
Ochish/sharhlash
2023-01-06 22:32:53
Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi

Jizzax shahrida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali hamda Jizzax viloyatida eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan viloyat Bolalar diagnostika markazi tashkil etiladi.

Mazkur filialning asosiy vazifalari etib hududda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish kabilar belgilanmoqda.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
787 views19:32
Ochish/sharhlash
2023-01-06 15:44:27
“Xalqimizni dori bilan boqyapmiz” - Ro‘zimuhammad Xonnazarov tibbiyotdagi ahvol va farmsanoat qudrati haqida

“Odamlar dori bilan tug‘ilib, dori bilan katta bo‘lyapti”, – deydi Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarov. U Kun.uz'ga bergan intervyusida O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan boshqasini eplolmayotganini aytib, mas’ullarni “faqat yotqizib, dori beradigan” tizimdan voz kechishga chaqirdi.

VIDEO

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
778 views12:44
Ochish/sharhlash
2023-01-06 11:21:57 «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan – DXX

«Quramax Medikal» MChJ hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJ mas’ul shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Davlat xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan «Quramax Medikal» MChJ hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJ mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalarining nojo‘ya ta’siri oqibatida, hozirga qadar «o‘tkir buyrak yetishmovchiligi» tashxisi bilan davolangan bemor bolalar hayotdan ko‘z yumgan.
«Quramax Medikal» MChJ tomonidan mamlakatimizga import qilingan ushbu preparatlar «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJ mas’ul xodimlari tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjat talablari qo‘pol ravishda buzilib, ushbu dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaganligi natijasida, sifatsiz preparatlarning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan”, — deyiladi DXX xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, jinoyat ishi doirasida «Quramax Medikal» MChJning 2 nafar rahbar xodimi hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJning 2 nafar mas’ul xodimi gumonlanuvchi shaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan. Shuningdek, «Quramax Medikal» MChJ tomonidan Hindiston davlatidan O‘zbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan o‘tkazilishi to‘xtatilgan hamda dorixonalardagi bunday preparatlar yig‘ib olingan. 

Manba: kun.uz 

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
777 views08:21
Ochish/sharhlash
2023-01-06 08:10:25
«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan olingan bosh shifokor lavozimiga qaytishi mumkin

«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan bo‘shatilgan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov lavozimiga tiklanishi mumkin. SSVga ko‘ra, bu jarayon yuzasidan yuristlar ish olib bormoqda. Keyinroq yakuniy rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.

Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, «Dok-1 Maks» siropini qabul qilib vafot etgan bolalar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan professor Mamatqul Azizov ishdan bo‘shatilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, markaz bosh shifokori lavozimiga qayta tiklanishi mumkin.

«Bu haqda gapirishga hali erta. Yuristlarimiz ishlayapti, xulosa qiladi, o‘rganadi va yakuniy rasmiy xabarni beramiz. Ish boshlangan, lekin yakunlanmagan. Bu biroz vaqt talab qiladi»

Manba: gazeta.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
773 views05:10
Ochish/sharhlash