Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2024-03-28 18:09:06
Tesla avtomobillaridagi Yangi Tap To Park funksiyasi shunday ishlaydi.

Mashina sensorlar yordamida bo’sh to’xtash joylarini «ko’radi» va siz displeyda tanlagan joyga joylashadi.

Funksiyaning o’zi bepul emas: u faqat oyiga 199 dollar evaziga ulanadigan Full Self-Driving avtopilot obunasiga kiritilgan.

DigiTech
13.8K views15:09
Ochish/sharhlash
2024-03-28 15:15:45
Xitoy gigantizmi Shansi provinsiyasidagi quyosh elektr stansiyalari misolida.

Bir hududdagi deyarli barcha tepaliklar panellar bilan qoplangan — ularning maydoni 6000 futbol maydoniga tengdir. Loyihaning qiymati ¥8,8 milliard.

Bu joydan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, hatto ulkan pandalar ko'rinishida joylashtirilgan stansiya ham mavjud.

DigiTech
12.7K views12:15
Ochish/sharhlash
2024-03-27 18:07:19
Floridada 14 yoshga yetmagan o’smirlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlandi. 16 yoshga to’lgunga qadar esa ota-onasining ruxsati kerak bo’ladi. Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Shtat Gubernatori Ron Desantisning aytishicha, bolalarni ijtimoiy tarmoqlarning zararli ta’siridan himoya qilish kerak. Ammo uni allaqachon AQSh Konstitutsiyasi himoyachilari va millionlab ko’riladigan bloglarning voyaga yetmagan egalari tanqid qilishmoqda.

DigiTech
13.3K views15:07
Ochish/sharhlash
2024-03-27 14:57:53
True Gamers klubi Abu-Dabida (BAA) kibersport orolini qurishga tayyorlanmoqda. U yerda PUBG'dagi kabi parashyutdan sakrash mumkin.

U yerda professional shug’ullanish markazi, turnirlar o’tkazish uchun arena, biznes-markaz, animatsiya studiyalari va akseleratorlar, bootcamplar, bolalar lagerlari va har birida yaxshi jihozlangan kompyuterlar bo’lgan 200 ta xonadan iborat mehmonxona qurish rejalashtirilgan.

Konseptsiyani ishlab chiqish uchun True Gamers butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq kibersport tashkilotlarining fikrlarini yig’ib chiqdi. Loyiha qiymati 280 million dollarga baholanmoqda.

DigiTech
14.1K views11:57
Ochish/sharhlash
2024-03-27 11:34:56
Bu oddiy video Twitter'da aktiv muhokama qilinmoqda, u to’liq neyrotarmoqda yaratilgan. To’liq!

Bu Arcads.ai neyron tarmog’idir. U reklama videolarini yaratish uchun mo’ljallangan — unda yaratilgan videolarda oddiy odamlar mahsulotlarga fikr bildirib tavsiya qilishadi. Ammo texnik jihatdan ushbu neyrotarmoq yordamida to’laqonli blog ham yuritish mumkin.

Siz joylashuvni, kamera rakursini tanlashingiz va matn kiritishingiz mumkin. Haqiqiy videodan deyarli ajratib bo’lmaydi — SI hatto bo’sh xonada aks-sado qo’shadi va ovozni lablar harakatiga moslaydi.

Sinab ko’rish uchun havola.

Video neyrotarmoq tomonidan generatsiya qilinganini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz?

DigiTech
13.1K views08:34
Ochish/sharhlash
2024-03-26 18:50:06
Bu Xitoydagi 330 metrli tog’ga o’rnatilgan dunyodagi eng baland tashqi lift «Yuz ajdaho» liftidir.

Liftda ikki qavatli uchta kabina mavjud bo’lib, ularning har biri 50 kishiga mo’ljallangan va ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida cho’qqiga chiqadi.

Lift tashriv buyuruvchilarni Chjanjiajie milliy bog'iga qaragan kuzatuv maydonchasiga olib boradi — Jeyms Kemeron Avatar filmida uchar tog’larni yaratishda shu joydan ilhomlangan.

DigiTech
15.0K views15:50
Ochish/sharhlash
2024-03-26 11:41:14
Kinolarda grafika yanada ko’payishi mumkin: OpenAI Gollivudni filmlar suratga olishda o’zining video yaratish texnologiyalaridan foydalanishga ko’ndirmoqchi.

Gap kinematik sifatga ega inqilobiy Sora neyron tarmog’i haqida ketmoqda, u matnli so’rov asosida noldan istalgan videoni Full HD sifatda yarata oladi. Yuqoridagi barcha videolar uning ishi.

Hozirda Sora hali ham yopiq sinovdan o’tkazilmoqda, lekin asta-sekin turli mutaxassislarga undan foydalanish imkoniyati berilmoqda.

DigiTech
15.0K views08:41
Ochish/sharhlash
2024-03-25 13:36:12
Miyasiga Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam endi aqli bilan nafaqat sichqonchani, balki video o’yinlardagi qahramonlarni ham boshqara oladi.

Shol bo’lgan Nolan Arbo allaqachon Mario Kartda o’z otasi bilan raqobatlashmoqda va Civilization VI da o’z mahoratini mashq qilmoqda.

Uning so’zlariga ko’ra, neyroimplant hayotini yaxshi tomonga o’zgartirib yubordi va Ilon Maskning kompaniyasi kelajakda ko’proq odamlarga yordam berishiga umid qilmoqda.

DigiTech
12.8K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2024-03-24 17:54:59
AQShda VBR Playground o’yin platformasi mashhurlashib bormoqda.

Unda o’yinchilar rul va monitorli maxsus o’rindiqda o’tirib, o’yinchoq mashinani boshqarishadi. Monitorga o’yinchoq mashinaga o’rnatilgan kameradagi tasvir uzatiladi.

Xuddi haqiqiy mashinani haydayotgandek bo’lasiz, maxsus antenalar tufayli esa tasvirda uzilishlar bo’lmaydi.

DigiTech
13.0K views14:54
Ochish/sharhlash
2024-03-23 18:00:38
AQSh olimlari fitnes bilan shug’ullanish o’rnini bosuvchi tabletka yaratish arafasidalar.

Tadqiqotchilar mashg’ulotlarsiz mushaklarning o’sishini faollashtiruvchi yangi kimyoviy birikma ishlab chiqishdi. Ushbu birikmaga ega tabletka semirishni oldini oladi va demensiya, yurak yetishmovchiligi, shuningdek, buyrakni davolay oladi.

DigiTech
13.2K views15:00
Ochish/sharhlash