Get Mystery Box with random crypto!

True Gamers klubi Abu-Dabida (BAA) kibersport orolini qurishga | AI | DigiTech

True Gamers klubi Abu-Dabida (BAA) kibersport orolini qurishga tayyorlanmoqda. U yerda PUBG'dagi kabi parashyutdan sakrash mumkin.

U yerda professional shug’ullanish markazi, turnirlar o’tkazish uchun arena, biznes-markaz, animatsiya studiyalari va akseleratorlar, bootcamplar, bolalar lagerlari va har birida yaxshi jihozlangan kompyuterlar bo’lgan 200 ta xonadan iborat mehmonxona qurish rejalashtirilgan.

Konseptsiyani ishlab chiqish uchun True Gamers butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq kibersport tashkilotlarining fikrlarini yig’ib chiqdi. Loyiha qiymati 280 million dollarga baholanmoqda.

DigiTech