Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.02K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 51

2023-04-06 15:08:32
GPT-3 bilan GPT-4 modelini solishtirib ko’rdik, natija yuqoridagi rasmlarda. GPT-4 modeli ancha aqlliroq.

GPT-4 faqat ChatGPT Plus obunasida ishlaydi.

@TechChatGPT_bot botimiz GPT-3.5 versiyasida ishlaydi, shu savolni botga berib ko’rishingiz mumkin.

DigiTech
8.5K viewsedited  12:08
Ochish/sharhlash
2023-04-06 09:22:37
Audfly kompaniyasi Focusound nomli shaffof oynali dinamikni taqdim etdi

Chiroyli dizayndan tashqari asosiy xususiyati, ultratovush texnologiyasi asosida musiqani xonadagi boshqalarga halaqit bermasdan faqat bir yo’nalishga yo’naltirib beroladi.

Shaffof displeyga rasm yoki kalendarni qo’yish mumkin, qurilma narxi 329$.

DigiTech
9.0K views06:22
Ochish/sharhlash
2023-04-05 17:40:03
Virtual 3D olam yaratuvchi neyrotarmoq

Opus startapi matnli tavsif yordamida 3D muhit va undagi modellarni yaratuvchi o’zining neyron tarmog’ining imkoniyatlarini ko’rsatdi.

Boshqa neyrotarmoqlardan asosiy farqi, Opus oddiy 3D modellar emas, balki butun bir virtual 3D olamni yaratoladi.

Beta testga qo’shilish uchun havola.

DigiTech
7.4K viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-05 12:30:24
Endi Midjourney rasmni matnli tavsifga (image-to-text) aylantirib beroladi

Rasmni yuklaysiz, u esa rasmda nima aks ettirilganini matn ko’rinishida yozib beradi, bu sizga kerakli bo’lgan rasmga maksimal o’xshash rasmlarni generatsiya qilishda yordam beradi.

DigiTech
4.5K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-04-05 08:50:03
ChatGPTdan Mona Lizani ASCII-art uslubida chizib berishini so’rashibdi. Natijani videoda ko’rishingiz mumkin

DigiTech
8.3K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:32:01
Warner Bros. studiyasi “Garri Potter” asosida serial suratga oladi

Jami 7 ta mavsum bo’ladi, har bir mavsum bitta kitob syujeti bo’yicha olinadi. Serial kitob syujetiga mos tushishini shaxsan yozuvchini o’zi nazorat qiladi. Aktyorlar va serialni chiqish sanasi hozircha ma’lum emas.

DigiTech
6.5K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-04-04 09:20:52
62 bitkoinli elektron hamyon kaliti Oyga yuboriladi

Amerikaning LunarCrush investitsiya kompaniyasi joriy yilning oxirigacha Oyga 62 bitkoinli (1 730 854$) kripto hamyon kalitini yuboradi. Uni Oyga birinchi bo'lib yetib borib, "xazina"ni topgan kishi oladi.

Kalitni kuzda uchadigan SpaceX raketasida yuborishadi. LunarCrush kompaniyasi ta'kidlashicha, hatto raketa bortidagi xodimlar ham hamyon kodini bilishmaydi.

Shuncha pul uchun Oyga uchgan bo'larmidingiz?

DigiTech
8.7K views06:20
Ochish/sharhlash
2023-04-03 17:40:25
Sun’iy intellektlar chiqqanidan so’ng paydo bo’lgan soha

Ko’pchilik sun’iy intellektlar odamlarni ishini olib qo’yadi deb o’ylayotgan vaqtda, sun’iy intellektlar sabab yangi kasblar paydo bo’lmoqda. Mana shunday kasblardan biri Prompt Injeneridir, bu kasb egasini vazifasi sun’iy intellektga to’g’ri so’rovlarni berib maksimal effektiv javoblar olishdir. Buning uchun qandaydir sohada maxsus bilim bo’lishi shart emas.

• Misol uchun mana bu saytda shunday mutaxassislarga yiliga 175 000 dan 335 000 dollargacha bo’lgan to’lovli ish taklif qilishyapti. Shuning uchun sun’iy intellektga to’g’ri savol berishni o’rganing :)

DigiTech
7.4K views14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:50:25
Amsterdamda dunyodagi birinchi sun'iy intellekt san'at galereyasi ochildi

Galereyada sun’iy intellektlar tomonidan yaratilgan raqamli va devorlarga o’rnatilgan rasmlar mavjud. Ishlar 3000 yevrodan boshlanib 10 000 yevrogacha turadi.

Galereyada aytilishicha, eksponatlar mukammal bo‘lmasa-da, lekin har biri noyobdir.

DigiTech
5.2K views06:50
Ochish/sharhlash
2023-04-02 15:54:39
Anomal issiqqa tayyorlanamiz: Ranvoo kompaniyasi AICE 3 «bo’yin konditsioneri» ni taqdim etdi

U atrofingizdagi havo haroratini 10 °C ga kamaytirishi mumkin, maxsus havo chiquvchi teshiklar tufayli u nafaqat bo’yinni, balki butun tanani ham sovutoladi. Bir zaryadda 12 soatgacha, aktiv sovutish rejimida esa 6 soat ishlaydi. Narxi esa 400$ dan boshlanadi.

DigiTech
5.7K viewsedited  12:54
Ochish/sharhlash