Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2024-04-11 09:00:16
Italiyalik dizayner bolalar uchun oyoqlari o’sishi bilan u ham kattalashadigan krossovka ishlab chiqdi.

U besh yil davomida 4Steps modeli ustida mashaqqatli mehnat qilib, birinchi prototipni taqdim etdi. Oyoq kiyim 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar uchun mo’ljallangan — ha, bir juft sotib olib, o’lchami haqida o’ylanmay yaroqsiz holatga kleguncha kiyish mumkin.

Zo’r g’oya, yaxshi chidamli bo’lsa albatta :)

DigiTech
14.1K views06:00
Ochish/sharhlash
2024-04-10 18:16:19
Xiaomi kompaniyasi Garri Potter muxlislari uchun smartfon va planshetni namoyish etdi — Redmi Turbo 3 va Redmi Pad Pro Harry Potter Edition.

Redmi Turbo 3 — 6,67 dyuymli 120 hz chastotali OLED ekran, Snapdragon 8s Gen 3 chipi va 5000 mA/soat akkumulyatorga ega arzon model.

Maxsus versiyaning narxi 370 dollar turadi, 20$ ga esa kamarli sumka sotib olish mumkin.

12,1 dyuymli 120 hz chastotali IPS ekranli va Snapdragon 7s Gen 2 chipli planshetni 320 dollarga sotib olish mumkin.

DigiTech
14.6K views15:16
Ochish/sharhlash
2024-04-09 08:33:06
Xiaomi 2024-yilda 30 dan ortiq smartfonlarni qo’llab-quvvatlashni to’xtatadi.

Ya’ni ular uchun operatsion tizim yangilanishi chiqmaydi. Bu qurilmalar ro’yxatida masalan, mashhur Redmi Note 10, Redmi 10 seriyalari, Poco X3 GT, Poco C31 va Poco C40 mavjud.

Smartfonlarning to’liq ro’yxati skrinshotda ko’rsatilgan.

Smartfonni yangilash vaqti keldi :)

DigiTech
12.6K views05:33
Ochish/sharhlash
2024-04-08 17:55:24
Samsung iMac'ga juda o‘xshash All-In-One Pro monoblokni chiqarmoqchi. U aprel oyi oxirida Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi.

Asosiy xususiyatlari: 4K displey, Intel Core Ultra protsessori, 27 dyuymli ekran va ultra yupqa korpus (6,55 mm).

Monoblokning narxi 1469 dollar. Uning Janubiy Koreya bozoridan tashqarida sotuvga chiqarilishi noma’lum.

DigiTech
13.0K views14:55
Ochish/sharhlash
2024-04-08 08:09:08
Tibbiyotda inqilob yuz berdi — olimlar yangi jigarni bevosita inson tanasida o’stirishni o’rganishdi!

Bemorga donor jigar hujayralari to’g’ridan-to’g’ri qorin limfa tuguniga yuborildi. Bir necha oy o’tgach, hujayralar ko’payadi va o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan kichik jigarga aylanadi.

Bemor asta-sekin shifokorlar nazorati ostida tuzalib bormoqda. Agar hammasi muvaffaqiyatli yakunlansa, bu transplantatsiya uchun organlarning yetishmasligi muammosini deyarli butunlay hal qiladi.

DigiTech
13.1K views05:09
Ochish/sharhlash
2024-04-07 18:03:30
Ilon Mask yaqin bir necha yil ichida Marsga bir millionga yaqin odam va shuncha tonna yuk jo’natmoqchi. Milliarder twitterda kosmik sayohat loyihasi haqidagi qiziqarli taqdimotni namoyish etdi.

Rejalar:

• Starship kemasi keyingi yil uchib, Yerga muvaffaqiyatli qo’nadi.
• Space X doimiy ravishda parvoz sinovlarini o’tkazib, raketani takomillashtiradi — Starship Oyga uchadi.
• Shuningdek, Ilon Mask Oy va Marsdagi koloniyalar konseptini ham ko’rsatdi.

DigiTech
13.0K views15:03
Ochish/sharhlash
2024-04-06 18:04:39
Google rasmlar uchun JPEG'ning yangilangan versiyasi — Jpegli yangi formatini ishlab chiqdi. Bu «Internetni yanada chiroyli va tezroq qilishi» kerak.

Bunday tasvirlarning hajmi 35% kamroq bo’ladi (shu sabab tezroq yuklanadi), sifati esa yaxshilanadi.

Bu format qanchalik tez ommalashadi, buni vaqt ko’rsatadi.

DigiTech
12.8K views15:04
Ochish/sharhlash
2024-04-06 09:00:14
Kaliforniyada dunyodagi eng katta raqamli kamerani yasashdi.

Uning o’lchami avtomobildek, og’irligi deyarli 3 tonna va 3,2 gigapiksel (3200 megapiksel) o’lchamda suratga oladi — bunday fotosuratda 25 km masofadan hatto golf to’pini ham ko’rish mumkin.

Ushbu kamera astronomik kuzatishlar uchun Chilidagi teleskopga o’rnatiladi: har 20 soniyada bir marta suratga olib, kuniga 15 TB gacha ma’lumot to’playdi.

DigiTech
13.9K views06:00
Ochish/sharhlash
2024-04-05 18:13:04
Amazon Just Walk Out texnologiyasida ishlaydigan kassirlarsiz do’konlarini yopdi. U do’konlarda xaridor shunchaki kirib, o’ziga kerak bo’lgan hamma narsani olib, chiqib ketishi mumkin edi — sun’iy intellekt esa xaridlar miqdorini hisoblab, to’lovni kartadan avtomatik yechardi.

Ma’lum bo’lishicha, kompaniya faqat avtomatlashtirish illyuziyasini yaratgan. Aslida mingdan ortiq haqiqiy odamlar kameralar orqasida o’tirib, xaridlarni hisoblashgan.

Shu sabab xaridorlardan noto’g’ri summa yechib olingani bo’yicha ko’p shikoyatlar tushgan. Muammolardan xalos bo’lish uchun Amazon endi yana bir ilg’or texnologiya — Dash Cart aqlli aravalarini yaratmoqda.

DigiTech
14.0K views15:13
Ochish/sharhlash
2024-04-05 12:24:31
Facebook Messenger foydalanuvchilarining shaxsiy xabarlarini Netflix'ga 100 million dollarga sotgan. Kelishuv haqidagi hujjatni Google'ning sobiq xodimi topdi.

Netflix ularga tomoshalar tarixini taqdim etish orqali javob berdi. Saytga bizning xabarlarimiz nima uchun kerakligi noma’lum, ammo bu yerda maxfiy yozishmalar tushunchasi aniq hisobga olinmagan.

DigiTech
13.4K views09:24
Ochish/sharhlash