Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2024-03-14 13:24:51
SpaceX Starship sinovlari videosini namoyish etdi — unda so’nggi bir necha yildagi eng epik kadrlar aks etgan.

Agar ob-havo yomonlashmasa, insoniyat tarixidagi eng katta raketani suborbital parvozga jo’natish bo’yicha yangi urinish bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da amalga oshiriladi.

DigiTech
13.8K views10:24
Ochish/sharhlash
2024-03-14 11:23:31
ChatGPT'ni endi tanasi mavjud! Figure.ai startapi OpenAI bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan birinchi odamsimon robotni namoyish etdi.

Robotda miya o’rniga GPT-4 mavjud. U eshitish qobiliyatiga ega va gapira oladi. Taqdimot chog’ida gumanoid atrofida ko’rgan narsalarini osonlik bilan tasvirlab berdi, nima uchun muayyan harakatlar amalga oshirilganini tushuntirdi va ko’rganlarini xulosalar bilan takrorlay oldi.

Figure AI loyihasiga Jeff Bezos, Nvidia, Amazon, Intel, Samsung, LG va Microsoft sarmoya kiritgan.

Terminator paydo bo’lishiga oz qoldi)

DigiTech
14.1K views08:23
Ochish/sharhlash
2024-03-13 18:14:01
«Filmlardagidek» ajoyib portlashlar endi faqat Ilon Mask'ning raketalarida emas.

Yaponlarning xususiy Kairos raketasining birinchi parvozi bor-yo’g’i 5 soniya davom etdi — u uchirilgandan so’ng darhol yon tomoniga og’a boshladi, shundan so’ng o’z-o’zini yo’q qilish mexanizmi ishga tushib u portladi.

Aytgancha, ertaga SpaceX Starshipni uchirishga uchinchi marta urinib ko’radi. Nima deb o’ylaysiz: bu safar muvaffaqiyatli bo’ladimi yoki yana portlaydimi?

DigiTech
12.8K views15:14
Ochish/sharhlash
2024-03-13 12:29:57
Uzoq o’tmishdagi to’ldirilgan reallik texnologiyasi

Bu qurilma lyusid-kamerasi deb nomlanadi — u rasm chizish uchun 1807-yilda ixtiro qilingan.

Ishlash prinsipi shisha bo’laklarni (prizmalarni) ayyorona joylashtirishdan iborat bo’lib, buning natijasida rassom har qanday obyektni qog’ozga maksimal aniqlik bilan o'tkazishi mumkin.

DigiTech
12.7K views09:29
Ochish/sharhlash
2024-03-12 17:23:44
Shunchaki Xitoyda oddiy Samsung do’konidagi zina.

Hammasi bo’lib 1000 ga yaqin ishdan chiqqan iPhone va iPad'lar sementga quyilgan.

DigiTech
13.6K views14:23
Ochish/sharhlash
2024-03-12 15:18:13
Yaqinda Dubayda 1500 ot kuchiga ega reaktiv jetpaklardagi birinchi poyga bo’lib o’tdi.

7 nafar uchuvchi bir vaqtning o’zida suv ustida 128 km/soat tezlikda uchishdi. Ularning reaktiv jetpaklaridagi yoqilg’i Boeing 777 dagi yoqilg’i bilan bir xil.

DigiTech
13.4K views12:18
Ochish/sharhlash
2024-03-12 11:41:51
Porsche o’zining eng tezkor elektromobili — Taycan Turbo GT ni namoyish etdi. U 100 km/soat tezlikka 2,1 soniyada erishadi va maksimal 305 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

Nyurburgring poyga trekida avtomobil sedanlar orasida mutlaq rekord o’rnatdi, Laguna Seca trassasini esa boshqa elektromobillarga qaraganda tezroq bosib o’tdi.

AQSh'da narxi 233 000 dollardan boshlanadi.

DigiTech
13.2K views08:41
Ochish/sharhlash
2024-03-11 17:39:25
ChatGPT'dan ASCII belgilarida «Honda» so’zini chizishni so’rashibdi — natijani videoda ko’rishingiz mumkin.

ChatGPT hali bunchalik qiynalmagan edi, kino ko’rgandek bo’lasiz :)

DigiTech
14.3K views14:39
Ochish/sharhlash
2024-03-11 13:58:32
Canadian Sanctuary AI muhandislari «dunyodagi eng yaxshi robot qo’llari» ga ega robotni yig’ishdi.

Ba’zi vazifalarni uning o’zi qanday bajarishni biladi, juda nozik ishlarda esa odam boshqarishi mumkin.

Hozirda uning konstruksiyasini yaxshilashda davom etishmoqda, yaqin kelajakda robot yanada yaxshiroq bo’ladi.

DigiTech
14.8K views10:58
Ochish/sharhlash
2024-03-11 11:45:23
Google sun’iy intellekt ishlab chiquvchi xodimlari uchun yangi ofis qurdi, lekin u yerda Wi-Fi o’rnata olmadi. Endi ishchilar Ethernet kabellarini noutbuklariga ulashlari yoki o'z telefonlaridan internetni tarqatishlari kerak bo’lmoqda.

Muammo ofis tomida — u to’lqinsimon dizayni tufayli butun Wi-Fi signalini yutib yubormoqda. Ko’p milliard dollarlik kompaniya muammoni oddiygina hal qildi: xodimlarni shunchaki yaqin atrofdagi kafeda o’tirib ishlashga yuborishyapti.

Kuchli sun’iy intellekt ishlab chiqadigan gigant kompaniya bitta Wi-Fi'ni ishlata olmasaya, qiziq :)

DigiTech
14.7K views08:45
Ochish/sharhlash