Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2024-04-25 16:00:54
Yangi Xiaomi 14 Ultra endi O’zbekistonda!

Ushbu flagman kamerofonning 4 ta obyektivga ega kamerasi yuqori ranglar, kontrast va aniqlik bilan ajoyib suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi

Professional Leica Summilux optikasi;
Soniyasiga 4K 120 kadr va 8K formatda 30 kadr tezlikda video yozish;
Xiaomi nanotexnologik ekologik teri;
Eng so'nggi Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 protsessori va 5000 mA/soat batareya.

Smartfon ramkasi alyuminiy qotishmasidan yasalgan va 1,38 baravar mustahkamdir, Xiaomi Shield Glass himoya oynasi esa 10 baravar yuqori tushish qarshiligini ta'minlaydi

Yangi mahsulot mamlakatimizda 25 apreldan ikki rangda sotuvga chiqariladi: qora va oq

Shuningdek, 25-apreldan 24-mayga qadar ushbu smartfonni xarid qilgan har bir xaridorga Xiaomi TV A2 FHD 43 SOVG‘A sifatida beriladi

Yangi smartfon haqida batafsil ma'lumotni HAVOLA orqali bilib oling.

Reklama
13.4K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2024-04-24 18:40:14
Birinchi elektr Gelendvagen nihoyat, rasmiy namoyish etildi.

Ushbu yo’ltanlamas 580 ot kuchiga ega, 100 km/soatga 4,7 soniyada chiqadi va bir zaryadda 473 km gacha masofani bosib o’tadi, shuningdek, joyida burilish tizimi va zaxira g’ildirak o'rniga zaryadlovchi kabeli mavjud.

Narxi 142 621 yevrodan boshlanadi.

DigiTech
13.9K views15:40
Ochish/sharhlash
2024-04-22 17:30:57
Xitoy yo’llari haqida yana bir qiziqarli ma’lumot — ularda svetoforlar taymeri to’g’ridan-to’g’ri navigator ilovasida ko’rsatiladi.

Eng qizig’i, svetoforni o’zida taymer bo’lmasligi ham mumkin, lekin dasturda taymer hardoim bo’ladi. Hatto keyingi svetoforga yetib borguningizcha qanday rang yonishini ham ko’rsatib turadi.

Hozircha bu butun mamlakat bo’ylab ishlamaydi, lekin, masalan, Guanchjouda allaqachon har bir svetofor ilovaga qo’shilgan.

DigiTech
12.6K views14:30
Ochish/sharhlash
2024-04-22 14:42:43
Xitoyning Chengdu shahridagi markaziy ko’chalardan biridagi chorraha o’ta murakkabligiga qaramay, undagi harakat juda tartibli.

Transport harakati shunday tartibga solinganki, hatto tig’iz vaqtda ham hech kim bir-biriga xalaqit bermaydi.

DigiTech
13.2K views11:42
Ochish/sharhlash
2024-04-20 17:14:03
Kamalaklar aslida ideal dumaloq ekanligini bilarmidingiz?

Odatda, bizga yerdan uning faqat kichik bir qismi ko’rinadi, uni faqat yuqoridangina to’liq ko’rish mumkin — masalan, osmono’par binodan, tog’lardan yoki samolyot oynasidan.

DigiTech
13.8K views14:14
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:38:26
Agar qachondir robo-itlarga qarshi chiqishga to’g’ri kelsa, ushbu videoni eslang.

Ularni uloqtirish, ag’darish yoki tayoq bilan urish — variant emas! Batareya quvvati tugashini kutish osonroq :)

DigiTech
13.1K views12:38
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:02:32
ChatGPT, Gemini kabi mashhur sun'iy intellektlar qaysi dasturlash tilida tayyorlanganini bilasizmi?

Qoyil qolsangiz arziydi. Hozirgi kunda barcha sun'iy intellektlar sodda va o'rganish oson bo'lgan Python dasturlash tilida tayyorlanadi.

«Najot Ta'lim» Dasturlash foundation kursida siz aynan C, Python dasturlash tillarining asosini o'rganasiz hamda dasturlashning istalgan yo'nalishlaridan birini tanlab, talabgir kasb egasiga aylanasiz.

Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tish

78 888 98 88
12.6K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-04-19 10:42:55
Uyqusizlik odamni tashqi ko’rinishi shunday o’zgartiradi. Muammolar kuniga 7 soatdan kam uxlaganda boshlanadi.

Uyqusizlik ajinlar paydo bo’lishiga va terini qurishiga olib keladi. Mahsuldorlik va o’zini his qilish ham yomonlashadi. Bularning sababi, hujayralar tiklanishi uchun yetarli vaqtga ega emasligi. Uyqusizlik shuningdek, kortizol gormoni darajasi keskin oshishiga ham olib keladi.

DigiTech
14.0K views07:42
Ochish/sharhlash
2024-04-18 08:43:05
InstantMesh neyron tarmog’i chiqdi, u har qanday rasmni 3D obyektga aylantirib beradi.

Generatsiya o’rtacha 10 soniya vaqtni oladi, neyron tarmoq sizga 3D model yaratilishining barcha bosqichlarini ko’rsatib beradi. Ishlatish mutlaqo bepul, lekin kompyuterda ishlatishni maslahat beramiz, telefonda yaxshi ishlamasligi mumkin.

Bepul sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
13.4K views05:43
Ochish/sharhlash
2024-04-17 17:52:39
Boston Dynamics Atlas robotlarining yangi avlodini namoyish etdi — ular endi bitta ham gidravlik elementsiz, butunlay elektrda ishlaydi.

Ularning ta’kidlashicha, ushbu robot endi «dunyodagi eng epchil gumanoid robot» bo’lib, zavodlarda ishlay oladi va odamlarga kundalik hayotda yordam bera oladi.

Kompaniya yangi Atlas ustida Hyundai bilan birga ishlamoqda, ular pul va ishlab chiqarishda yordam berishmoqda.

DigiTech
14.6K views14:52
Ochish/sharhlash