Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2024-04-04 12:48:51
XKSdan tashlangan chiqindi Floridadagi uyning ustiga tushib, tom va ikki qavatni yorib o’tdi.

2021-yilda ishlamay qolgan batareyalar solingan idish stansiyadan tashlab yuborilgan va u atmosferada butunlay yonib ketadi deb taxmin qilingan, ammo og’irligi taxminan 1 kg bo’lgan parchalardan biri omon qolgan.

Hozir parchani NASA olib ketgan. Agar ekspertiza haqiqatan ham ularga tegishli ekanligini aniqlasa, uy egasiga kompensatsiya puli to’lab beriladi.

DigiTech
13.6K views09:48
Ochish/sharhlash
2024-04-03 17:42:22
Taobao va Space Epoch startapi ko’p martalik raketalar yordamida buyurtmalarni jo’natishni rejalashtirmoqda. Dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berish bir soat atrofida vaqtni oladi.

Raketaning yuk ko’tarish quvvati taxminan 10 tonnani tashkil qiladi. Dvigatelni sinovdan o’tkazish allaqachon yakunlangan, ammo loyiha qachon ishga tushirilishi noma’lum.

DigiTech
12.6K viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash
2024-04-03 08:25:03
Dubayda 058-7777777 «omadli» telefon raqami auksionda 870 000 dollarga sotildi. Uni biznes uchun ishlatishadi.

Hayratlanarli narxga qaramay, bu narx rekord darajadagi emas: 2015-yilda 052-2222222 raqami Dubayda 2,2 million dollarga sotilgan.

DigiTech
13.1K views05:25
Ochish/sharhlash
2024-04-02 16:00:23
Xitoy shifoxonasidagi zamonaviy dorixonada robot farmatsevt shunday ishlaydi.

Qurilma odamlarni nafaqat omborga qatnashdan qutqaradi, balki shifokorning ko’rsatmasi bo’yicha dori-darmonlarni oldindan tayyorlaydi: kabinetdan dorixonaga kelganingizda, sizga kerak bo’lgan hamma narsa allaqachon kassada bo’ladi.

Lekin dorixona roboti Xitoyda ixtiro qilinmagan. U birinchi marta Germaniyada 1996-yilda namoyish etilgan va bugungi kunda turli xil modellarini AQSh, Evropa, Osiyo, Rossiya va boshqa joylarda topish mumkin.

DigiTech
13.7K views13:00
Ochish/sharhlash
2024-04-02 10:14:22
OpenAI matnni ovozga aylantiruvchi Voice Engine neyrotarmog’ini ko’rsatdi. Model istalgan odamning ovozini 15 soniyalik yozuv asosida nusxalay oladi. Saytda bir nechta demolar mavjud.

U kontent yaratuvchilari va kompaniyalarga o’z ovozlari bilan istalgan tilda auditoriya bilan suhbatlashishga yordam beradi. Asosiy xususiyati shundaki, Voice Engine ovoz tonini saqlab qoladi.

DigiTech
12.6K views07:14
Ochish/sharhlash
2024-04-01 16:17:50
Vision Pro-da endi uyning turli joylarida Wi-Fi tezligini tekshirish mumkin. Bu AR WiFi&5G ilovasidir, u allaqachon AppStore-da mavjud.

Asosiysi, eng tezkor internet podyezda bo’lib chiqmasa bo’ldi :)

DigiTech
14.6K views13:17
Ochish/sharhlash
2024-03-31 18:28:36
Internetda Telegramni navbatdagi yangilanishining skrinshotlari paydo bo’ldi. Yangi xususiyatlar:

— 20+ boost darajasiga ega bo’lgan telegram kanalingizda TgADS reklamalarini butunlay o’chirib qo’yish imkoniyati;

— Profilga tug'ilgan sanani qo’shish (ehtimol, kontaktlar uchun eslatma bilan);

— Ba’zi mamlakatlarda kanal egasi reklamadan daromadning 50 foizini olishi mumkin bo’lgan monetizatsiya;

— Botlarni kanallarga integratsiya qilish;

— Maxfiylik sozlamalari yaxshilandi, shu jumladan chatlarga qo’shishni taqiqlash.

DigiTech
13.7K views15:28
Ochish/sharhlash
2024-03-31 09:11:04
Apple yangi iPhone'larda qutisini ochmasdan iOS'ni yangilash tizimini ishlab chiqdi. Presto simsiz tizimi (rasmdagi) smartfonni yoqadi, so’nggi dasturiy ta’minotni o’rnatadi va qurilmani yana o’chiradi.

Do’kon xodimi smartfonni qutisi bilan Presto'ga joylashtirishi va 15-30 daqiqa kutishi kifoya. Bir vaqtning o’zida oltitagacha iPhone-ni yangilash mumkin.

Ushbu qurilmani aprel oyidan boshlab Qo’shma Shtatlardagi Apple savdo do’konlariga o’rnatishni boshlashadi.

DigiTech
13.1K views06:11
Ochish/sharhlash
2024-03-30 11:29:07
Janubiy Koreyalik dizaynerlar klaviatura, dinamiklar va hatto monitor o’rnini bosuvchi ish stoli konseptsiyasini namoyish etishdi.

Ushbu gadjetlarning barchasi allaqachon stol ichiga o’rnatilgan — masalan, monitor bir tugmani bosish orqali chiqadi va qayta yig’iladi. Simlar stol oyoqlariga o’rnatilgan.

Yoniq holatda bu to’liq ish stolidir, o’chirilganda esa undan oddiy stol sifatida foydalanish mumkin.

DigiTech
12.6K views08:29
Ochish/sharhlash
2024-03-29 13:46:42
Bu Yevropa shaharchasiga o’xshash Xitoyning Donguan shahridagi Huawei Ox Horn kampusidir.

12 ta hududdan iborat kompleksda 25 000 xodim ishlaydi va yashaydi, 10 000 avtomobilga mo’ljallangan yer osti to’xtash joyi va hatto temir yo’l ham mavjud.

Loyiha qiymati: ¥10 milliard.

DigiTech
13.7K views10:46
Ochish/sharhlash