Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2024-03-10 11:48:46
Jurnalist mashhur sun’iy intellektlarning IQ darajasini tekshirib ko’rdi.

GPT-4 85 ball, Copilot bor-yo’g’i 79 ball to’pladi, lekin OpenAI'ning sobiq xodimlari tomonidan yaratilgan Claude-3 esa 101 ball oldi. Taqqoslash uchun, o’rtacha odamning IQ darajasi taxminan 100 ballni tashkil etadi.

Jurnalistning fikricha, sun’iy intellekt modellari bir necha yil ichida 140 balldan ko’proq to’play olishadi va inson hayotini tubdan o’zgarishiga olib keladi.

DigiTech
12.7K views08:48
Ochish/sharhlash
2024-03-09 17:56:35
Agar Yerning ayrim nuqtalaridan turib, professional kamerani Somon yo’liga yo’naltirsa, Yerning aylanishi shunday ko’rinadi.

Juda g’ozal manzara.

DigiTech
13.5K views14:56
Ochish/sharhlash
2024-03-09 13:30:07
Xitoycha masofaviy ish

Xinjiang shahrida ofisdan chiqmasdan ko’mir konini qazishmoqda: yer osti uskunalari joystiklar yordamida masofadan boshqariladi — deyarli kompyuter o’yinidek.

Uskunalar 600 metr chuqurlikda joylashganiga qaramay, muammosiz boshqariladi.

DigiTech
14.1K views10:30
Ochish/sharhlash
2024-03-08 13:45:15
WALL-E multfilmidagi kelajak tobora yaqinlashmoqda: Honda VR ko’zoynakni robo-kreslo bilan birlashtirdi.

Ularning aytishicha, bunday to’plam parklar va savdo markazlarida o’rnatiladi. Unda parvoz va poyga o’yinlarni qo’lsiz — shunchaki tanangizni egib boshqarishingiz mumkin bo’ladi.

DigiTech
17.0K views10:45
Ochish/sharhlash
2024-03-08 10:41:22
Apple 20 dyuymli buklanadigan ekranli MacBook chiqarishi mumkin.

Insayderning aytishicha, bu 2027-yilda sodir bo’ladi. Uning so’zlariga ko’ra, Apple qurilmani ishlab chiqish bo’yicha aniq rejaga ega.

Apple 20 dyuymli displeyli MacBook chiqarishi avvaldan ma’lum edi. Lekin uning buklanadigan bo’lishi haqidagi ma’lumot endi paydo bo’ldi.

DigiTech
14.6K views07:41
Ochish/sharhlash
2024-03-07 17:34:04
Dubayda uchuvchi dron svetoforlar paydo bo’ladi.

Ularni oddiy svetoforlar buzilgan vaqtda vaqtinchalik yechim sifatida, shuningdek, politsiya yoki tez yordam mashinasi favqulodda o'tishi kerak bo’lganda harakatni to’xtatish uchun foydalanishni rejalashtirishmoqda.

Dronlar qachon ishga tushirilishini aytishmadi, lekin ishlab chiqarishni yaqin orada boshlashga va’da berishmoqda.

DigiTech
16.2K views14:34
Ochish/sharhlash
2024-03-07 17:04:00 Servercore Toshkentda yangi zonasini ochadi

Servercore — Toshkent va Olmaota shaharlarida mavjud zonalarga ega IT-infratuzilmasi
provayderi. Mijozlar orasida — Uzum Nasiya, Alif, Samarkand Air va HWG Sababa.

Provayder mijozlari uchun Toshkentda yangi mavjudlik zonasi mavjud bo‘ldi. Umumiy tarmoq
orqali ulangan ikkita pool-ga joylashtirish quyidagilarga imkon beradi:
— IT-tizimlari va xizmatlarining nosozliklarga chidamliligini oshirish;
— ma‘lumotlarni saqlash xavfsizligi darajasini oshirish;
— oxirgi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlarni kamaytirish.

Yangi mavjudlik zonasida Servercore mijozlari endi quyidagilardan foydalanishlari mumkin:
— AMD EPYC 7713 Milan asosidagi UZ-2 pool-dagi bulutli serverlar,
— Intel Xeon E-2236, Intel Xeon W-2255 va Intel Xeon Silver 4214R protsessorlari asosidagi
TAS-2 da ajratilgan serverlar.
Yangi mavjudlik zonasining xavfsizligi va ishonchliligi ISO 27001 xalqaro axborot xavfsizligi
standarti bilan tasdiqlangan. Barcha Servercore xizmatlari PCI DSS xalqaro ma‘lumotlar
xavfsizligi standartiga mos keladi.

Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun veb-saytga o‘ting.

Reklama
13.3K views14:04
Ochish/sharhlash
2024-03-07 15:05:04
Kutilmaganda: 2023-yilda eng ko’p maosh olgan aktyor Adam Sendler bo’ldi.

Bir yil ichida u asosan Netflix bilan kelishuvi tufayli 73 million dollar ishlab oldi. Hozirgi kunda Adam asosan Netflix loyihalarida suratga tushmoqda.

Keyingi o’rinlarda:
- Margo Robbi: $59 million
- Tom Kruz: $45 million
- Rayan Gosling: $43 million
- Mett Deymon: $43 million
- Jennifer Eniston: $42 million
- Leonardo Di Kaprio: $41 million
- Jeyson Steythem: $41 million
- Ben Afflek: $38 million
- Denzel Vashington: $24 million

DigiTech
12.8K views12:05
Ochish/sharhlash
2024-03-07 10:37:52
Saudiya Arabistoni poytaxtida ikki kilometrlik osmono‘par bino qurishmoqchi. Loyihani Kaliforniyada aylana shaklidagi Apple Park'ni qurgan Britaniyaning Foster + Partners kompaniyasi amalga oshiradi.

Agar Ar-Riyod'dagi loyiha amalga oshirilsa, bino hozirgi rekordchi — Dubaydagi 828 metrlik Burj Xalifa hamda Jiddada qurilayotgan bir kilometr balandlikdagi Jeddah Tower minorasini ancha ortda qoldiradi.

Qurilish qachon boshlanib, qachon tugashini aytishmadi. Bino qurilish narxi taxminan 5 milliard dollarni tashkil qiladi.

DigiTech
12.7K viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2024-03-06 17:55:20
Samsung Galaxy S24 Ultra smartfonini aerokameraga aylantirib uni stratosferaga uchirdi.

Qurilma 33 500 metr balandlikdan Yer tasvirlarini oldi.

Galaxy S24 Ultra yanvar oyida S24 seriyasidagi qurilma sifatida chiqarilgan. Bu asosiy kamerasi 200 megapikselli sensor va masshtablashtirish imkoniyatlariga ega bo’lgan eng qimmat va kuchli versiyasidir.

DigiTech
13.6K views14:55
Ochish/sharhlash