Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2024-05-01 08:47:01
Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan.

1. Parij, Fransiya
2. Kyoto, Yaponiya
3. Nyu-York, AQSh
4. Moskva, Rossiya imperiyasi

DigiTech
14.4K views05:47
Ochish/sharhlash
2024-04-30 17:15:40
Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi.

Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin.

DigiTech
14.2K views14:15
Ochish/sharhlash
2024-04-30 12:22:25
Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi.

Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi.

Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin.

DigiTech
13.8K views09:22
Ochish/sharhlash
2024-04-29 17:26:16
Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan kalkulyatorga ega bo‘ladi.

iPadOS 18 da kalkulyatorni AppStore'dan o’rnatish shart emas bo’ladi :)

DigiTech
14.7K views14:26
Ochish/sharhlash
2024-04-29 08:00:22
Endi telefonda ham sifati Gollivudnikidan qolishmaydigan CGI grafikalarni yaratish mumkin.

Simulon — haqiqiydan farqlash qiyin bo’lgan realistik CGI tasvirlarni va videolarini yaratish imkonini beruvchi dastur. Eng zo’r tomoni, undan foydalanish uchun smartfonni o’zi yetarli.

Ilova tasvirlarni yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, shu sabab qaysi grafika soxta, qaysi biri haqiqiy ekanligini ajratish juda qiyin. Ilova hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, ammo istagan odam undan foydalanish uchun ariza tashlashi mumkin.

Beta-testda ishtirok etish uchun havola.

DigiTech
14.6K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-04-28 17:32:15
Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin.

Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan.

DigiTech
12.9K views14:32
Ochish/sharhlash
2024-04-28 13:10:50
Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir.

Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda.

DigiTech
14.0K views10:10
Ochish/sharhlash
2024-04-26 17:24:32
Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi.

Sakkizta jamoa sport avtomobili marraga iloji boricha tezroq yetib borishi uchun sun’iy intellektni dasturlashi kerak bo’ladi. Mashinalarning o’zlari baholanmaydi, ularni hammasi bir xil.

Sovrin jamg’armasi 2,25 million dollarni tashkil etadi, poygalar ertaga soat 20:00 da boshlanadi va jonli efirda translyatsiya qilinadi.

DigiTech
13.0K views14:24
Ochish/sharhlash
2024-04-26 08:10:10
Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi.

U tarixdagi eng kuchli superkompyuter bo’lib, 1 eksaflop quvvat va 144 TB xotiraga ega — soniyasiga kvintillion (18 nolga ega raqam) amallarni bajara oladi. Bu RTX 4090 Ti dan 12 700 marta kuchliroq.

Bu GPT-5 chiqarilishini ancha tezlashtiradi, uni nimalarga qodir bo’lishini tasavvur ham qilish qiyin.

DigiTech
13.6K views05:10
Ochish/sharhlash
2024-04-25 16:17:09
Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi.

U jarrohlik kamerasidagi tasvirni ko’z oldiga «osib qo’ydi» va jarayon vaqtida suyaklarni 3D modellar bilan solishtirib turdi.

Uning so’zlariga ko’ra, AR (to’ldirilgan reallik) bilan ishlash ancha qulayroq: jarroh ilgari Microsoft HoloLens'dan foydalangan, ammo u garnitura allaqachon eskirgan.

DigiTech
13.0K views13:17
Ochish/sharhlash