Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2024-03-23 14:45:18
Chizgan eskizlaringizni real vaqt rejimida rasmga aylantirib beruvchi neyrotarmoq.

Comfy Deploy neyrotarmog’i juda tez ishlaydi va juda realistik rasmlar yaratadi.

Bepul sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
13.8K views11:45
Ochish/sharhlash
2024-03-22 18:27:10
Lumen startapi ko’zi ojizlarga yo’naltirib harakatlanishga yordam beruvchi ko‘zoynaklar ishlab chiqdi.

Qurilma kameralar va lidar sensorlari yordamida to’siqlarni aniqlaydi va qayerga yurishni vibratsiya va ovozli signallar orqali ko’rsatadi.

Hozirda ko’zoynaklar yakuniy klinik sinovlardan o’tmoqda. 2024-yil oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda, narxi hali e’lon qilinmagan.

DigiTech
13.6K views15:27
Ochish/sharhlash
2024-03-21 14:24:45
Tim Kuk eplolmadi: insayderlarning yozishicha, Apple o‘zining qurilmalariga Gemini neyrotarmog’ini integratsiya qilish bo’yicha Google bilan muzokaralar olib bormoqda.

Apple hatto o’zining Apple GPT chatbotini ham ishlab chiqdi, ammo u sifat jihatdan Google va OpenAI neyron tarmoqlaridan ancha orqada.

Kompaniya sun’iy intellekt funksiyalarini iOS 18 da chiqarishi kutilmoqda.

DigiTech
12.9K views11:24
Ochish/sharhlash
2024-03-21 07:59:05
Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi o’z chipini o’rnatgan birinchi bemor fikr kuchi bilan qanday shaxmat o’ynashini jonli translyatsiyada ko’rsatishdi.

Bu sehrga o'xshaydi — yigitning o’zi bu hissiyotni «Yulduzlar jangi» filmidagi fikr kuchi bilan taqqoslamoqda: u shunchaki kursorni siljitish haqida o’ylaydi va kursor harakatlanadi.

Ularning rejalari bo’yicha keyinchalik, chip autizm, shizofreniya va hatto semirishni davolay oladi.

DigiTech
13.4K views04:59
Ochish/sharhlash
2024-03-20 18:07:16
Tayvanda har kungi tig’iz paytdagi oddiy holat.

Mopedlar hamma joyda va deyarli hammada bor — orolda skuterlar soni dunyodagi eng yuqori zichlikka ega. 2022-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, 23 million aholida 8,4 million avtomobil va 14 milliondan ortiq skuterlar mavjud.

DigiTech
13.2K views15:07
Ochish/sharhlash
2024-03-20 14:28:15
Foydalanuvchi Apple Vision Pro uchun bolalikdagi shahrini AR'da qayta tiklashga qaror qildi. Buzilib ketgan eski binolarni to’ldirilgan reallikda tikladi va ularga hatto eski reklama bannerlarni joylashtirdi.

Tasavvur qiling: AR ko’zoynakni taqasiz va yoshligingizdagi shahar bo’ylab sayohat qila olasiz.

DigiTech
12.7K views11:28
Ochish/sharhlash
2024-03-20 08:12:04
NVIDIA o’yinlardagi NPC-larga o’yinchi bilan oldindan yozib olingan ssenariysiz, real vaqt rejimida muloqot qilish imkonini beruvchi SI Covert Protocol demo versiyasini namoyish etdi.

O’yin ishlab chiquvchilar har bir NPC'ning shaxsiyati va his-tuyg’ularini o’zlari sozlay olishadi: o’yindagi personajlar sun’iy intellekt yordamida fikrlaydi, atrov muhitga munosabat bildirishadi va hatto inson ovozini tushuna olishadi.

Muhandislarning fikricha, NPC'lar o’yinchining qarorlariga har safar har xil reaksiya bildirishadi. Kelajak biz o’ylagandanda yaqinroq.

DigiTech
13.1K views05:12
Ochish/sharhlash
2024-03-19 17:25:25
Xitoyning EHang kompaniyasi o'zining aeromobillarini to’g’ri Taobaoda sotishni boshladi. Yetkazib berish bepul, agar nimadir yoqmasa bir hafta ichida qaytarib berish mumkin.

Xaridorlarga parvozlarni rasmiylar bilan kelishish va marshrutlarni rejalashtirish, shuningdek, texnik xizmat ko’rsatishda yordamlashishadi.

Narxi — ¥2,4 million (330 000 dollar). Xitoy OAV'lari yozishicha, birinchi partiya darhol sotilib ketgan, ammo aniq soni noma’lum.

DigiTech
13.7K views14:25
Ochish/sharhlash
2024-03-19 10:49:17
Olimlar keyingi pandemiyaning oldini olishga harakat qilmoqdalar: bu safar qo’ziqorin pandemiyasi.

2022-yilda JSST 4 ta xavfli qo’ziqorin infektsiyasi mavjudligini ta’kidlagan edi.

Haroratning ko’tarilishi tufayli mutatsiyaga uchragan zamburug’lar tarqalib, ommaviy infektsiya va o’limga olib kelmoqda, hozircha unga davo yo’q.

Olimlar ta’kidlashicha, biz allaqachon sekin rivojlanayotgan pandemiyani boshdan kechirmoqdamiz. Har yili dunyo bo’ylab 4 millionga yaqin odam bunday infektsiyalardan vafot etmoqda.

DigiTech
13.3K views07:49
Ochish/sharhlash
2024-03-14 17:36:38
Ilon Mask muvaffaqiyati: insoniyat tarixidagi eng katta Starship raketasi koinotga muvaffaqiyatli uchdi.

Bu safar raketa yangi trayektoriya bo’ylab uchdi. Buning yordamida kompaniya yangi sinovlarni o’tkazishi mumkin bo’ladi — masalan, kosmosda dvigatelni yoqish.

Eslatib o’tamiz, bu uchinchi urinish edi. Birinchisida, nazoratsiz aylanish tufayli raketani portlatishga to’g’ri keldi, ikkinchisida hamma narsa reja bo’yicha ketdi, ammo oxir-oqibat u bilan aloqa uzilib qoldi va u ham portlatildi.

DigiTech
15.2K views14:36
Ochish/sharhlash