Get Mystery Box with random crypto!

Amazon Just Walk Out texnologiyasida ishlaydigan kassirlarsiz | AI | DigiTech

Amazon Just Walk Out texnologiyasida ishlaydigan kassirlarsiz do’konlarini yopdi. U do’konlarda xaridor shunchaki kirib, o’ziga kerak bo’lgan hamma narsani olib, chiqib ketishi mumkin edi — sun’iy intellekt esa xaridlar miqdorini hisoblab, to’lovni kartadan avtomatik yechardi.

Ma’lum bo’lishicha, kompaniya faqat avtomatlashtirish illyuziyasini yaratgan. Aslida mingdan ortiq haqiqiy odamlar kameralar orqasida o’tirib, xaridlarni hisoblashgan.

Shu sabab xaridorlardan noto’g’ri summa yechib olingani bo’yicha ko’p shikoyatlar tushgan. Muammolardan xalos bo’lish uchun Amazon endi yana bir ilg’or texnologiya — Dash Cart aqlli aravalarini yaratmoqda.

DigiTech