Get Mystery Box with random crypto!

Respublika 'Barkamol avlod' bolalar maktabi tomonidan yig'ilis | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan yig'ilish o'tkazildi

Xabaringiz bor, "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni tarixda ilk bor 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan Referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida direktor huzurida yig'ilish tashkil etildi.

Bunda yurtimiz ravnaqi uchun o'tkazilgan Referendumda faol ishtirok etgan hamda targ'ibot tadbirlarida qatnashgan jamoa a'zolariga tashakkur izhor etildi.

Shuningdek, yig'ilish davomida 2023-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo'yicha barcha xodimlar ma'lumot berib o'tdilar.

Bundan tashqari, ushbu yig'ilishida kelgusida bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar mas'ul xodimlarga belgilab berildi.

Mazkur yig'ilishdan asosiy maqsad, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumotlar berishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE