Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 9-iyun, Juma. Maktabgacha va maktab | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!

Bugun 9-iyun, Juma.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro do‘stlar kuni
Xalqaro arxivlar kuni
Butunjahon akkreditatsiya kuni

VOQEALAR:

1822-yil — AQShda Charlz Grem sun’iy jag‘ni patentladi.
1904-yil — London simfonik orkestri o‘zining birinchi kontsertini berdi.
1923-yil — Bolgariyada harbiy to‘ntarish bo‘lib o‘tdi.
1934-yil — Donald Dak ishtirokidagi birinchi multfilm namoyish etildi.

TAVALLUDLAR:

1768-yil — Semyuel Sleyter — to‘qimachilik bo‘yicha mutaxassis, Amerika sanoat inqilobi “otasi”.
1775-yil — Georg Fridrix Grotefend — nemis filologi, qadimgi fors mixxati yozuvlarini ochishga zamin yaratgan olim.
1781-yil — Jorj Stivenson — birinchi parovozlardan birini yaratgan ingliz ixtirochisi, shuningdek, birinchi jamoat temir yo‘li quruvchisi.
1843-yil — Berta fon Zunter — avstriyalik yozuvchi, pasifist, tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofotini olgan birinchi ayol.
1915-yil — Les Pol — amerikalik gitarachi, elektr gitara yaratuvchisi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE