Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomo | Bilimni baholash agentligi
Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinadi
2024-yil 27-fevral kuni Bilimni baholash agentligida Turkiyaning Istanbul Okan universiteti(İstanbul Okan Üniversitesi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mobaynida baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni asosida beriladigan turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinishiga kelishildi.
Ma’lumot uchun: Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan milliy sertifikat 2023-yildan Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olingan.
Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi. 📞 1195. 📧 info@uzbmb.uz. 🌐 www.uzbmb.uz. 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda:. • facebook.com/dtmuzb. •...