Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2024-yil
17-18-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining
yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami
14,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va
20 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari
19-fevraldan
1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube