Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish | Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshirilmoqda.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 25-fevral kuniga qadar, to‘lovni amalga oshirish esa 26-fevral kuniga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

Test sinovi 2-3-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: imtihon natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube