2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtiho | Bilimni baholash agentligi
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.
Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.
Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi. 📞 1195. 📧 info@uzbmb.uz. 🌐 www.uzbmb.uz. 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda:. • facebook.com/dtmuzb. •...