Get Mystery Box with random crypto!

“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kela | Bilimni baholash agentligi

“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga taʼsir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2024-yil 1-mart kuni Bilimni baholash agentligida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga taʼsir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusida seminar va ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirni ochib bergan Bilimni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy taʼlim markazi boshlig‘i Xudoyberdi Tursunmetov ta’lim tizimida kuzatilayotgan korrupsiya holatlari va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, shu jumladan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan preventiv choralar, sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini mamlakatimizda ham joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube