Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi
2024-yil
29-fevral va
1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi
hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovi talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etildi.
Test sinovida talabgorlarga
mutaxassislik fanlaridan
50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun
100 daqiqa vaqt berildi.
Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali
elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Test natijalariga ko‘ra
56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube