Get Mystery Box with random crypto!

“Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi 2024-yil 3-m | Bilimni baholash agentligi

Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi

2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:

12 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;

13 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.

Shuningdek, telegram kanallarda rasmi tarqatilayotgan biologiya fanidan savollar aks etgan 8311323 raqamli test topshiriqlari kitobi Surxondaryo viloyatida imtihon ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lib, mazkur talabgor ham imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangani aniqlanib, jarayondan chetlatilgan.

Bunda talabgor imtihonga aloqa qurilmasi bilan birga kiyimga maxsus joylashtirilgan mini kamera bilan kirgan bo‘lib, test topshiriqlari kitobi ushbu mini kamera bilan rasmga tushirilgan.

Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube