Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan taqdim etiladigan
ingliz tili sertifikati Turkiyaning bir qator universitetlari tomonidan tan olingan.
Bunda mazkur universitetlarga o‘qishga kirish istagini bildirgan ingliz tilidan
B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan
maksimal ball beriladi.
2024-yil
26-mart (seshanba) kuni soat
16:00 da Bilimni bahaolash agentligi tomonidan Turkiyaning
Istinye universiteti,
Istanbul Okan universiteti va
Kipr fanlar universiteti bilan hamkorlikda
onlayn seminar tashkil etilmoqda.
Unda
ushbu universitetlarda o‘qish, ulardagi
ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi hamda talabgorlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.
Seminar
Zoom platformasida o‘tkaziladi va
ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.
Seminarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar ushbu havola orqali
ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://www.nichegrp.com/event-details-registration/online-seminar
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube