Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2023-04-23 06:14:42
Boks. Bektemir Meliqoʻziyev Rosadodan revansh oldi

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida oʻtayotgan professional boks kechasida Bektemir Meliqoʻziyev meksikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga koʻtarilib, faoliyatidagi yagona magʻlubiyat uchun revansh oldi.

Amalda.uz Telegram kanali
1.4K viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash
2023-04-22 20:40:33
Ertaga +35 darajadagi issiq kutilmoqda

Oʻzgidromet prognozlariga koʻra, 24-25-aprel kunlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +35 darajagacha issiq harorat kutiladi. Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida esa +27 +29 daraja issiq harorat bo'lishi kutilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
3.5K views17:40
Ochish/sharhlash
2023-04-22 20:15:33
Denovda 32 yoshli ayol kaltaklanib, sochi kesib tashlandi

Holat Surxondaryo viloyatining Denov tumanida bo'lgan. Bir guruh ayollar qarzini bermagani uchun boshqa bir ayolni doʻpposlab, qosh va sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib tashlashgani aytilgan xabarlarda.

Holat 2022-yil noyabr oyi oxirlarida sodir boʻlgan. Sariosiyo tumanida yashovchi D.S. hamda Denov tumanida yashovchi R.G. va X.N. ismli ayollar oʻrtalarida avvaldan mavjud boʻlgan nizolari sabab oʻzaro janjallashgan. R.G. X.N. fuqaro
D.S.ni mahalla hududida urib tan jarohati yetkazishgan.

Hozirgi kunda holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.


Amalda.uz Telegram kanali
3.6K viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2023-04-22 19:37:08
Toshkent shahridagi maktablarning birida oʻquvchi qizning “samosud” qilinganiga nima sabab boʻlgani aytildi

Holat sodir boʻlgan maktabning masʼul xodimi bu haqda maʼlumot berdi

Amalda.uz Telegram kanali
3.1K viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2023-04-22 18:01:08
Yuqori Chirchiqda 20 yoshli yigit mashina o'g'irlab, uni 2 mlnga sotib yubordi

Joriy yilning 30-martdan 31-martga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Yuqori Chirchiq tumani Bunyodkor koʻchasida yashovchi 27 yoshli T.B. oʻzining boshqaruvidagi «VAZ-2101» rusumli avtomashinani uyi oldida eshiklarini ochiq holatda va kalitini oʻt oldirish joyida qoldirgan. Shundan soʻng avtomashina nomaʼlum tomonga olib qochib ketilgan.

U avtomashinaning davlat raqam belgilarini yechib, Yuqori Chirchiq tumani Farovon mahallasida joylashgan xonadoniga olib borgan va 2 mln soʻm pul evaziga metallolom sifatida sotib yuborgan. Uning xonadoni koʻzdan kechilganida jabrlanuvchiga tegishli avtomashina qismlarga boʻlingan holatda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
3.8K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-04-22 17:25:27
Qurilishda ishlaydigan erkak 3-qavatdan sakradi

Maʼlum qilinishicha, 40 yoshli bo'lgan asli navoiylik erkak poytaxtdagi qurilish firmalaridan birida ishlab kelgan. Ish joyida hamkasblari bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan buni oqibatida 3-qavatdan pastga sakragan.

Shundan so‘ng u do‘sti hamrohligida shifoxonaga olib kelingan. Bemor avvaliga shifokorlarga ko‘chada yiqilib tushganini aytgan. Tibbiy ko‘rik va uning natijasidan so‘ng esa u uchinchi qavatdan yiqilgani maʼlum bo‘lgan.

“Rentgen tekshiruvlaridan o‘tkizganimizda o‘ng son suyagi yuqori uchligidan yopiq maydalanib sinib, suyak bo‘laklari siljishi, chap tovon suyak yopiq sinib, qoniqarli turishi aniqlandi. Buning natijasida biz o‘ng son suyagini sklet tortuv tizimiga qo‘yib qo‘ydik. Chap oyog‘iga tizzagacha gips bog‘lab qo‘ydik. Bemorning shishishlari qaytgach operatsiya o‘tkazish rejalashtirildi. Hozirda uning havoli o‘rta og‘irlikda”, — deydi shifokor.

Amalda.uz Telegram kanali
2.9K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2023-04-22 17:02:05
Surxondaryoda suv taʼminoti xodimlariga oylik berilmayapti(mi)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ Boysun tuman bo‘limi xodimlariga ish haqi berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «O‘zsuvtaʼminot» AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 55 mlrd 047 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shundan aholi qarzdorligi 52 mlrd 247 mln so‘mni, yuridik va byudjet tashkilotlar qarzdorligi 2 mlrd 800 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu esa jamiyat ishchi xodimlarining 22 oylik oylik ish haqqi fondiga yoki 12 oylik suv isteʼmoliga teng.

Taʼkidlanishicha, isteʼmolchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani bois tashkilot xodimlariga oylik maosh to‘lovlarida kechikish yuzaga kelmoqda. Hozirda ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari jalb qilingan

“25 aprelga qadar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar maoshi 1 aprel holatiga to‘liq to‘lab beriladi deyilgan xabarda.


Amalda.uz Telegram kanali
2.5K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-04-22 16:15:26
COVID-19’ning yangi shtammidan ilk oʻlim qayd etildi

Tailandda Omisronning XBB.1.16 Arsturus deb nomlangan yangi subvariantidan birinchi oʻlim qayd etildi.

Mamlakatda keksa erkak ushbu yangi shatmm tufayli vafot etgan. Maʼlum qilinishicha, marhumning sogʻligʻida boshqa muammolar ham boʻlgan.

Hozirgi vaqtda Tailandda Arsturus’ning 27 ta holati mavjud.

Virusologlarning fikricha, Arsturus tez orada Tailandda dominant subvariantga aylanishi mumkin. Bu shtamm, shuningdek, Singapur, Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSH va Hindistonda ham aniqlangan.


Amalda.uz Telegram kanali
512 views13:15
Ochish/sharhlash
2023-04-22 15:52:11
Plastik operatsiya sabab 60 yoshli ayol vafot etdi

Qozogʻistonlik ayol blefaroplastik operatsiya- koʻz qovoqlaridagi yogʻlarni kestirib tashlash maqsadida goʻzallik saloniga boradi, biroq ayolga bunday muolajani oʻtkazgan salon xodimasining tibbiy litsenziyasi va ruxsatnomasi bo'lmagani sabab, mijoz antifilaktik shokdan vafot etadi. Salon xodimasiga besh yilgacha qamoq jazosi qoʻllanilishi mumkin deyilmoqda xabarlarda.

Amalda.uz Telegram kanali
896 viewsedited  12:52
Ochish/sharhlash
2023-04-22 14:46:29
40 ta ehtiyojmand oilaga Surxondaryolik tadbirkor uy hadya qildi

U o‘z ismini oshkor qilishni xohlamagan, shu uchun xonadonlarni prezident nomidan topshirgan.

Amalda.uz Telegram kanali
1.6K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash