Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryoda suv taʼminoti xodimlariga oylik berilmayapti(mi) | Amalda.uz

Surxondaryoda suv taʼminoti xodimlariga oylik berilmayapti(mi)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ Boysun tuman bo‘limi xodimlariga ish haqi berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «O‘zsuvtaʼminot» AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 55 mlrd 047 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shundan aholi qarzdorligi 52 mlrd 247 mln so‘mni, yuridik va byudjet tashkilotlar qarzdorligi 2 mlrd 800 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu esa jamiyat ishchi xodimlarining 22 oylik oylik ish haqqi fondiga yoki 12 oylik suv isteʼmoliga teng.

Taʼkidlanishicha, isteʼmolchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani bois tashkilot xodimlariga oylik maosh to‘lovlarida kechikish yuzaga kelmoqda. Hozirda ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari jalb qilingan

“25 aprelga qadar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar maoshi 1 aprel holatiga to‘liq to‘lab beriladi deyilgan xabarda.


Amalda.uz Telegram kanali