Get Mystery Box with random crypto!

COVID-19’ning yangi shtammidan ilk oʻlim qayd etildi Tailandd | Amalda.uz

COVID-19’ning yangi shtammidan ilk oʻlim qayd etildi

Tailandda Omisronning XBB.1.16 Arsturus deb nomlangan yangi subvariantidan birinchi oʻlim qayd etildi.

Mamlakatda keksa erkak ushbu yangi shatmm tufayli vafot etgan. Maʼlum qilinishicha, marhumning sogʻligʻida boshqa muammolar ham boʻlgan.

Hozirgi vaqtda Tailandda Arsturus’ning 27 ta holati mavjud.

Virusologlarning fikricha, Arsturus tez orada Tailandda dominant subvariantga aylanishi mumkin. Bu shtamm, shuningdek, Singapur, Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSH va Hindistonda ham aniqlangan.


Amalda.uz Telegram kanali