Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-04-22 14:17:00
Fargʻonada ayollar kiyimini oʻmargan erkak qoʻlga tushdi

Keltirilishicha, voqea joriy yilning 4-aprelidan 5-aprel kuniga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Nomaʼlum shaxs Loyihaviy koʻchasida joylashgan bozorda qarovsiz qoldirilgan jami narxi 5 600 000 soʻmlik 81 dona ayollar koʻylaklarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan. Holat boʻyicha Qoʻqon shaharlik S.B. IIBga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan
.

Amalda.uz Telegram kanali
1.7K viewsedited  11:17
Ochish/sharhlash
2023-04-22 11:56:15
Oʻzbekistonda 9 yoshli qizlar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda

Buning uchun 3138 ta emlash punktida tibbiyot xodimlarining tayyorgarligi oshirilib, rejaga asosan 307 064 nafar 9 yoshdagi qizni emlash jarayoni davom etmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
2.7K viewsedited  08:56
Ochish/sharhlash
2023-04-22 10:20:20
"Qamchiq" dovonida yana YTH

“Qamchiq” dovonida Daf rusumli yuk mashinasi toʻsiqqa urildi, bundan qochmoqi boʻlgan Damas esa handaqqa tushib ketdi.

Voqea, 22-aprel kuni soat 06:22 larda sodir boʻlgan. A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismidan oʻtgan yoʻlning 269,4-kilometrida DAF rusumli yuk avtomobili “Toshkent-vodiy” yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yoʻqotib, oʻrta temir toʻsiqqa urilgan. Shuningdek, oʻsha harakat yoʻnalishidagi Damas rusumli avtomashina haydovchisi toʻsiqqa urilgan yuk mashinasidan qochaman deb handaqqa tushib ketgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va 2 nafar Damas avtomobilidagi yoʻlovchilar tan jarohati olib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Halok boʻlganlar yoʻq.


Amalda.uz Telegram kanali
3.3K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-04-22 09:50:02
Istanbulda 5 yil davom etgan Sulton Ahmad masjidining restavratsiyasi yakunlandi va foydalanishga topshirildi

4 asrlik tarixga ega ushbu me'moriy yodgorlik Moviy masjid nomi bilan ham mashhur.

Amalda.uz Telegram kanali
2.8K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2023-04-22 09:20:18
Xorazmda noyob hayvonlar hisoblangan bugʻu va jayronlarning "Qizil ro'yhat"ga kiritilgan tana a'zolari ya'ni 50 dona shoxlarni olib ketayotgan shaxslar ushlandi.

Amalda.uz Telegram kanali
3.2K viewsedited  06:20
Ochish/sharhlash
2023-04-22 09:01:53
Koinotdan hayit tabrigi yuborildi

Birlashgan Arab Amirligidan boʻlgan astronavt Sultan Al Neyadi Xalqaro kosmik stansiyadan musulmonlarga Ramazon hayiti tabrigini yubordi.

Amalda.uz Telegram kanali
2.5K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-04-22 08:45:17
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Yana ikki nafar fuqaro ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, shu yilning 22-aprel kuni soat 08:00 larda haydovchi 1998-yilda tugʻilgan A.T. Gentra avtomashinasini shaharning Turkiston-Poʻstindoʻz koʻchalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtida 1972-yilda tugʻilgan B.X. boshqaruvidagi Mersedes-benz rusumli avtomashina 2-darajali yoʻldan chiqib kelishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.

Oqibatda Mersedes-benz avtomashinasida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchi ogʻir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Haydovchilar A.T. va B.X. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
.
2.6K viewsedited  05:45
Ochish/sharhlash
2023-04-22 08:31:14
Osiyoni jazirama toʻlqini qamrab oldi

Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Yanszi daryosi deltasining koʻplab provinsiyalarida aprel oyi uchun rekord harorat kuzatilmoqda. Pekinda 20 darajadan yuqori harorat — bu ham aprel rekordi hisoblanadi.

Hindistonda issiqlik toʻlqini tufayli bir qancha shtatlarda maktablar yopildi. Termometrlar 44 darajaga koʻtariladi.

Laosning turli hududlarida harorat 41,5 dan 43 darajagacha yetgan. Bu aprel oyida qayd etilgan mamlakat tarixidagi eng yuqorisi hisoblanadi.

Tailandda suv sepuvchi moslamalar allaqachon talash boʻlib sotilmoqda. Osiyodagi eng kuchli jazirama bu yerda qayd etilgan. Mamlakat shimoli-gʻarbidagi Taki aeroportida termometrlar 45,5 darajani koʻrsatdi. Qirollik sogʻliqni saqlash departamenti aholini issiqlik urishi xavfidan ogohlantirdi. Ob-havo anomaliyalari Bangladesh va Yaponiyada ham qayd etilgan. Sinoptiklar may oyida mintaqa aholisini nima kutayotganini aniqlashga harakat qilmoqda.


Amalda.uz Telegram kanali
2.5K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-04-22 08:10:14
Toshkentda 13 yoshli oʻquvchi qizni maktabdoshlari “samosud” qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktab oʻquvchi qizlari oʻrtasida “samosud” holati tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur videoda voyaga yetmagan qiz oʻz tengqurlari tomonidan kaltaklangani aks etgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Amalda.uz Telegram kanali
3.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-04-22 07:49:36
Bugun Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28 daraja boʻladi.

Amalda.uz Telegram kanali
3.5K viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash