Get Mystery Box with random crypto!

Yuqori Chirchiqda 20 yoshli yigit mashina o'g'irlab, uni 2 mln | Amalda.uz

Yuqori Chirchiqda 20 yoshli yigit mashina o'g'irlab, uni 2 mlnga sotib yubordi

Joriy yilning 30-martdan 31-martga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Yuqori Chirchiq tumani Bunyodkor koʻchasida yashovchi 27 yoshli T.B. oʻzining boshqaruvidagi «VAZ-2101» rusumli avtomashinani uyi oldida eshiklarini ochiq holatda va kalitini oʻt oldirish joyida qoldirgan. Shundan soʻng avtomashina nomaʼlum tomonga olib qochib ketilgan.

U avtomashinaning davlat raqam belgilarini yechib, Yuqori Chirchiq tumani Farovon mahallasida joylashgan xonadoniga olib borgan va 2 mln soʻm pul evaziga metallolom sifatida sotib yuborgan. Uning xonadoni koʻzdan kechilganida jabrlanuvchiga tegishli avtomashina qismlarga boʻlingan holatda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali