Get Mystery Box with random crypto!

Denovda 32 yoshli ayol kaltaklanib, sochi kesib tashlandi Hol | Amalda.uz

Denovda 32 yoshli ayol kaltaklanib, sochi kesib tashlandi

Holat Surxondaryo viloyatining Denov tumanida bo'lgan. Bir guruh ayollar qarzini bermagani uchun boshqa bir ayolni doʻpposlab, qosh va sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib tashlashgani aytilgan xabarlarda.

Holat 2022-yil noyabr oyi oxirlarida sodir boʻlgan. Sariosiyo tumanida yashovchi D.S. hamda Denov tumanida yashovchi R.G. va X.N. ismli ayollar oʻrtalarida avvaldan mavjud boʻlgan nizolari sabab oʻzaro janjallashgan. R.G. X.N. fuqaro
D.S.ni mahalla hududida urib tan jarohati yetkazishgan.

Hozirgi kunda holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.


Amalda.uz Telegram kanali