Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2023-04-21 19:44:37
Twitter oyiga 8 dollarlik obuna pulini to‘lashni istamagan millionlab foydalanuvchilar, xususan, taniqli shaxslarning akkauntlaridan ko‘k “galochka”larni olib tashlashni boshladi

Amalda.uz Telegram kanali
3.2K views16:44
Ochish/sharhlash
2023-04-21 17:09:42
Reuters dunyo musulmonlari Ramazon hayitini qanday kutib olgani aks etgan suratlarni e’lon qildi

Amalda.uz Telegram kanali
5.3K views14:09
Ochish/sharhlash
2023-04-21 16:05:02
Sudandagi to‘qnashuvlarda 400 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deyiladi JSST ma’lumotlarida

Shuningdek, 3,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, mamlakatdagi qurolli mojaro bir haftadan buyon davom etmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
3.8K views13:05
Ochish/sharhlash
2023-04-21 14:40:01
Fargʻonada 2 nafar ishchini tom bosib qoldi

Maʼlum qilinishicha, shu yilning 20-aprel kuni soat 19:18 da Fargʻona shahar “Simtepa” MFYdagi Hidoyat koʻchasida joylashgan xonadonlarning birida taʼmirlash ishlari uchun kelgan mavsumiy 2 nafar ishchini ehtiyotsizligi sababli tom bosib qolgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, ushbu fuqarolarning hayotini saqlab kolgan. Ular tez tibbiy yordam xodimlari orqali shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Amalda.uz Telegram kanali
3.8K views11:40
Ochish/sharhlash
2023-04-21 12:40:21
Germaniyada temir yo‘l xodimlarining ish tashlashlari tufayli poyezdlar harakati deyarli falajlanib qoldi. Xodimlarning mehnat sharoitini yaxshilash borasidagi kurashga mamlakatdagi 50 ga yaqin temir yo‘l kompaniyasi qo‘shilgan.

Amalda.uz Telegram kanali
3.3K views09:40
Ochish/sharhlash
2023-04-21 12:15:01
Buxoroda 9-sinf oʻquvchisi elektrokar yaratdi

Viloyatining Vobkent tumanidagi maktablarning birida 9-sinfda tahsil olayotgan Shahzojon Erkinov yasagan, retro dizayndagi elektromobilni.

Elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Zarur texnik ishlar bajarilsa, tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin. Elektrokar quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida ham quvvatlanadi.

“Bu turistik zonalarda, parklarda, dam olish maskanlarida odam tashish uchun moʻljallangan”, – deydi oʻquvchi.

Elektromobilning oʻziga xos jihati shundaki, u faqat Shahzodning qoʻl barmogʻi bilan yoqiladi va dasturlash toʻliq oʻzbek tilida amalga oshirilgan. Elektromobilga ixtirochi 12 voltli toʻrtta quyosh panellarini oʻrnatib, uning quyosh energiyasida harakatlanishini taʼminladi.

Amalda.uz Telegram kanali
3.4K views09:15
Ochish/sharhlash
2023-04-21 09:28:30
1-maydan oʻzgaradigan jarimalar miqdori bilan tanishing.

– Kamar taqmaslik - 165 000 (82 500) soʻm
– Texnik koʻrik, aptechka - 165 000 (82 500) soʻm
– Hujjatsiz boshqarish - 330 000 (165 000) soʻm
– Sugʻurtasiz haydash - 330 000 (165 000) soʻm
– Qizilda oʻtish - 660 000 (330 000) soʻm
– Notoʻgʻri parkovka - 660 000 (330 000) soʻm
– Telefonda gaplashish - 990 000 (445 000) soʻm
– Raqamsiz haydash - 1 650 000 (825 000) soʻm
– Tezlikni oshirish (20 km/s) - 330 000 (165 000) soʻm
– Tezlikni oshirish (20-40 km/s) - 1 650 000 (825 000) soʻm
– Tezlikni oshirish (+40 km/s) - 2 970 000 (1 485 000) soʻm
– Qarama-qarshi harakatlanish - 3 300 000 (1 650 000) soʻm
– Mast holda haydash - 8 250 000 (4 125 000) soʻm yoki 3-yilgacha «prava»dan mahrum qilish
– Ruxsatsiz tonirovka - 8 250 000 (4 125 000) soʻm.
Qavs ichida 15 kun ichida toʻlanganda 50 foizlik chegirma koʻrsatilgan.

Amalda.uz Telegram kanali
4.9K viewsedited  06:28
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:52:13
Amalda.uz tahririyati barcha mo'min-musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabriklaydi!

Tutgan ro'zangiz, qilgan toat-ibodatingiz Yaratganning dargohida qabul bo'lsin!


Amalda.uz Telegram kanali
4.3K views02:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 17:40:51
Farg‘ona tumanida 9 nafar ayolga noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotgan ayol jarimaga tortildi.

Xabarga ko‘ra, holat Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TEQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. Ushbu tumanning “Mindon” mahallasi hududida M.F ismli ayol 2023-yilning fevral oyidan buyon 9 nafar ayollarga noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotgani maʼlum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, M.F ismli ayolga nisbatan JIB Farg‘ona shahar sudi tomonidan jarima jazosi tayinlandi.

Amalda.uz Telegram kanali
3.5K viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:22:26
Hozirda 5 balli magnit bo‘roni kuzatilmoqda — Meteoagent

Yerni 21-aprel kuni ham 5 balli magnit bo‘roni qoplashi ma’lum qilindi

Amalda.uz Telegram kanali
4.3K viewsedited  12:22
Ochish/sharhlash