Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2023-04-25 09:40:18
Xorazmda erkak 7 yashar bolani bo‘g‘ib o‘ldirdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 18 mart kuni soat 20:00 larda tumanning “Muhabbat” mahallasida sodir bo‘lgan.

Mazkur mahallada vaqtincha yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan shaxs o‘ch olish maqsadida 2016 yilda tug‘ilgan bolani ojizligidan foydalanib, qasddan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Qilgan jinoyatini hech kimga bildirmasdan turmush o‘rtog‘iga tanishlarining oldiga borib kelishini aytib, uydan chiqib ketgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


Amalda.uz Telegram kanali
4.2K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-04-25 09:19:59
Yangi Zelandiyada 7,1 magnitudali zilzila yuz berdi

Amerika Geologik xizmati (USGS) zilzila epitsentri Kermadek orollari ekanini maʼlum qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yerdan 49 kilometr chuqurlikda sodir boʻlgan 7,1 magnitudali zilzilada hech qanday talofat kuzatilmagan.

Zilziladan keyin sunami haqida ogohlantirish berilmagan.

Amalda.uz Telegram kanali
4.0K viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2023-04-25 07:19:01
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari 18 yilga qamaldi

Xabarlarga ko'ra, Karim Masimov davlatga xiyonat, hokimiyatni egallashga urinish, mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topildi. Uning mulki musodara qilinadi.

Amalda.uz Telegram kanali
4.6K views04:19
Ochish/sharhlash
2023-04-25 07:00:59
Toshkentda bir yilda qancha yer sotildi?

Kadastr agentligi maʼlumotiga koʻra, poytaxtda 2022-yilda jami 327 ta (92,42 gektar) yer maydoni 562,28 milliard soʻmga sotilgan.

Olib borilgan tadbirlar davomida 2022-yilda Toshkent shahri boʻyicha aholi yashash manzillarida umumiy 3 118 ta holatda (38,73 gektar) yer qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
4.3K views04:00
Ochish/sharhlash
2023-04-25 06:30:50
Isroilda mashina piyodalar yo‘lagidagi odamlarni urib yubordi

Yetti kishi jarohat olgan hodisa oqibatida. Mashinani boshqargan erkak voqea joyidagi tinch aholi tomonidan otib o‘ldirilgan deyilmoqda xabarlarda.

Amalda.uz Telegram kanali
4.5K views03:30
Ochish/sharhlash
2023-04-25 06:07:56
Bugun harorat 27-32 daraja bo‘ladi. Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin — “O‘zgidromet”

Amalda.uz Telegram kanali
5.6K viewsedited  03:07
Ochish/sharhlash
2023-04-24 09:44:14
Toshkentda 16 yoshli qiz oʻzini binoning 3-qavatidan tashladi

Qayd etilishicha, qiz uzoq viloyatdan kelgan bo‘lib, Toshkentda boshqa qizlar bilan ijarada yashab kelgan. Qiz ijara uyida kelib chiqqan janjal sabab o‘zini 3-qavatdan tashlagan.

Bemor olib kelinganda uning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Unga miya chayqalishi, qorinning yopiq jarohati va o‘ng boldir va tovon suyaklarining sinishi tashhisi qo‘yilgan, deydi qizni davolagan shifokor.

Qizning qayerda ishlashi yoki o‘qishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan. 16 yoshli qiz hozirda sun’iy nafas apparatiga ulab qo‘yilgan.


Amalda.uz Telegram kanali
1.4K viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2023-04-24 07:15:32
Bugun harorat 25-30 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonda kunduzi G3 darajali 5-6 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
2.6K viewsedited  04:15
Ochish/sharhlash
2023-04-23 10:36:07
Argentinada denge virusi oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Xabarlarga ko'ra, ushbu infeksiya chivinlar orqali tarqaladi. Denge bezgagi odatda to‘satdan isitma, bosh og‘rig‘i, artralgiya va umumiy limfadenopatiyaga olib keladi, so‘ngra toshma paydo bo‘ladi. Yo‘tal, shuningdek, tonzillit va rinoreya kabi nafas yo‘llarining infeksiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bu kasallik qon ketishi va zarba bilan potensial halokatli gemorragik isitmaga olib kelishi mumkin. 

Biologlar laboratoriyalarda minglab erkak chivinlarni nurlantirmoqda. Maqsad denge isitmasi tarqalishini oldini olish uchun radiatsiya ta’siriga uchragan chivinlarni dominant turga aylantirish.

Argentinaning Chili va Boliviya bilan chegaralariga yaqin joylashgan shimoli-g‘arbiy Salta, Tukuman va Jujuy viloyatlarida eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etilgan.

Argentina Sog‘liqni saqlash vazirligi odamlarni chivinlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
7.8K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2023-04-23 09:50:09
Toshkentda Matiz piyodalarni urib yubordi

Voqea Toshkent viloyatining Olmazor tumanida 19-aprel kuni soat 12:30 larda yuz bergan. 1969-yilda tug‘ilgan M.N. Matiz rusumli avtomashinasi bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Amalda.uz Telegram kanali
6.7K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash