Get Mystery Box with random crypto!

Qurilishda ishlaydigan erkak 3-qavatdan sakradi Maʼlum qilini | Amalda.uz

Qurilishda ishlaydigan erkak 3-qavatdan sakradi

Maʼlum qilinishicha, 40 yoshli bo'lgan asli navoiylik erkak poytaxtdagi qurilish firmalaridan birida ishlab kelgan. Ish joyida hamkasblari bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan buni oqibatida 3-qavatdan pastga sakragan.

Shundan so‘ng u do‘sti hamrohligida shifoxonaga olib kelingan. Bemor avvaliga shifokorlarga ko‘chada yiqilib tushganini aytgan. Tibbiy ko‘rik va uning natijasidan so‘ng esa u uchinchi qavatdan yiqilgani maʼlum bo‘lgan.

“Rentgen tekshiruvlaridan o‘tkizganimizda o‘ng son suyagi yuqori uchligidan yopiq maydalanib sinib, suyak bo‘laklari siljishi, chap tovon suyak yopiq sinib, qoniqarli turishi aniqlandi. Buning natijasida biz o‘ng son suyagini sklet tortuv tizimiga qo‘yib qo‘ydik. Chap oyog‘iga tizzagacha gips bog‘lab qo‘ydik. Bemorning shishishlari qaytgach operatsiya o‘tkazish rejalashtirildi. Hozirda uning havoli o‘rta og‘irlikda”, — deydi shifokor.

Amalda.uz Telegram kanali