Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-05-02 10:57:27
Favqulodda vaziyatlar vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan polkovnik Muxitdinov Muxtar Yashnarovich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Amalda.uz Telegram kanali
7.2K viewsedited  07:57
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:19:09
Bugun, 2 may kuni Toshkent vaqti bilan 09:46 da (02.05.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 04:46 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.
 
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, zilzila koordinatalari: 41,72 gradus shimoliy kenglik; 71,6 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 205 km shimoliy-sharqda.
 
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
 
Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 51 km.
Kosonsoy tumanida 2 ball, 60


Amalda.uz Telegram kanali
7.3K viewsedited  05:19
Ochish/sharhlash
2023-05-02 07:31:20
“Tolibon”ning ikki jangarisi 25 yoshli homilador ayolni otib tashladi

Afg‘oniston Inson huquqlari komissiyasi hujumni qoralab, ayol jinsiy tajovuzdan bosh tortgani uchun o‘ldirilganini ma’lum qildi. Komissiya “Tolibon”dan hujum bo‘yicha javob berishni talab qildi

Amalda.uz Telegram kanali
6.1K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2023-05-01 17:43:18
Toshkent shahrida “Samarqand darvoza” savdo-koʻngilochar majmuasi oldigagi Qoratosh koʻchasida yoʻl oʻpirilib tushdi.

Amalda.uz Telegram kanali
6.8K viewsedited  14:43
Ochish/sharhlash
2023-05-01 17:38:38
Yangi Konstitutsiya Toshkentning Markaziy Osiyodagi siyosatini ham belgilab beradi”

Yaponiyaning yetakchi nashrlaridan biri — The Japan Times O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari haqida yozar ekan, nafaqat ushbu siyosiy tadbir, balki so‘nggi yillardagi transformatsiya jarayonlari hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi integratsiyaning kuchayishida O‘zbekistonning roli haqida alohida to‘xtalib o‘tgan.

“O‘zbekistonning ochiq, demokratik va jadal rivojlanayotgan, kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lgan davlatga aylanish yo‘lini belgilab beruvchi bu yangi Konstitutsiya rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyodagi faol mintaqaviy siyosatini ham belgilab beradi. Ushbu trend nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlarining, balki butun xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga xizmat qiladi”, deb yozadi nashr


Amalda.uz Telegram kanali
5.9K viewsedited  14:38
Ochish/sharhlash
2023-05-01 16:20:28
Tezlik yana 70 km/soatga qayta tiklangani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

«Ushbu qoida hozir amalda ekanligini ma’lum qilamiz. Ijtimoiy tarmoq vakillaridan turli taxmin va mish-mishlardan iborat asoslantirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz», deyiladi rasmiy xabarda.

Amalda.uz Telegram kanali
5.1K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2023-05-01 16:04:52
Toshkentda yoʻlovchi avtobusining tomidagi himoya qoplamasi tushib ketdi

Maʼlum boʻlishicha, yoʻlning qatnov qismiga shakl boʻlib oʻsgan katta daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasini qoʻporib yuborgan.

Amalda.uz Telegram kanali
5.3K views13:04
Ochish/sharhlash
2023-05-01 11:09:01
Toshkentda Gentra “peshexod”dan oʻtayotgan ayolni urib yubordi

Videoregistratordan olingan videoyozuvga koʻra, joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahar Maxtumquli koʻchasida piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan ayolni Gentra avtomashinasi haydovchisi urib yubordi.

Hozircha holat yuzasidan IIV JXD YHXBB tomonidan rasmiy maʼlumot berilmadi.

Amalda.uz Telegram kanali
5.9K viewsedited  08:09
Ochish/sharhlash
2023-05-01 09:22:02
Referendumning dastlabki natijalari: 84,54% fuqaro ishtirok etdi.

90,21% “Ha”
9,35% “Yo’q”

Referendum to’g’risidagi qonunga binoan, O’zbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilgan o’zgarishlar O’zbekiston xalqi tomonidan ma’qullandi va qabul qilindi deyish mumkin.

Amalda.uz Telegram kanali
6.0K viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash
2023-05-01 07:52:09
AQSHda ziyofat vaqtida tom qulab tushdi

AQSHning Kolumbus shahrida talabalar ziyofati chog‘ida ro'y bergan hodisa .Oqibatda esa 30 dan ortiq odam jabrlangan.

14 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, yana 20 nafariga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, mamlakatning Texas shtatida 38 yoshli erkak qo‘shni oilaning 5 nafar aʼzosini otib o‘ldirdi. Qo‘shnisi unga hovlida o‘q uzishni bas qilishini aytgach, hujumchi miltiq bilan otishni boshlangan. Gumondor voqea joyidan qochib ketdi.

Amalda.uz Telegram kanali
5.5K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash