Get Mystery Box with random crypto!

​​ Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi. Qabul shu | Abituriyent

​​ Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi. Qabul shu yildan amalga oshadi!

Namanganda Pokistonning Lahor universiteti bilan hamkorlikda xalqaro universitet tashkil etiladi.

Mazkur oliy o‘quv yurti Yangi Namangan tumanidagi 2-tibbiyot kolleji hamda sobiq diagnostika markazida joylashishi va ushbu loyihaga 10 million dollar investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlar tashkil etilishi belgilangan:

Tibbiyot
Stomatologiya
Farmatsevtika
IT (information technology)
Xalqaro huquq
Biznes


Loyiha doirasida 2022—2023-o‘quv yili 500 nafar talaba qabul qilish, 2024-yilga kelib esa ularning sonini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube