Get Mystery Box with random crypto!

TEZKOR MUHIM!!! Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini sodda | Abituriyent

TEZKOR MUHIM!!!

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik taʼtilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube