Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-01-03 11:40:04 Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish rejalashtirilmoqda.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022 yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026 yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.6K views08:40
Ochish/sharhlash
2022-01-03 11:10:13
Hujjatlar qabuli davom etmoqda!

O'zbekistondan chiqmasdan 3 ta horijiy Universitet diplomga ega bo'ling.

Hujjatlarni chet elga topshirib oʻqishni Oʻzbekistonda turib davom ettirishingiz mumkin.

"Moskva Tadbirkorlik Akademiyasi" va "Modern International University"ga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Fakultetlari:
- Iqitisod
- Menejement
- Davlat boshqaruvi
- Savdo sotiq biznesi
- Yurispendensiya
- Pedagogika
- Psixalogiya

Hujjatlar 10-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang, hoziroq aloqaga chiqing

Murojaat uchun:
+998990871555 | @Restart_1555
+998995691555 | @Tillo_1555
32.6K views08:10
Ochish/sharhlash
2022-01-01 11:10:03
Oʻzbekistonda 2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilindi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.5K views08:10
Ochish/sharhlash
2021-12-30 13:10:02 Afg'onistonlik talabalar Termizga o'qishga kelishdi !

Bu maʼlumotni Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Afgʻoniston uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Termiz oʻquv markazi direktori Oybek Roʻziyev tasdiqladi.

"Afgʻonistondan 134 nafar talaba oʻqishni davom ettirish uchun kelgan. Kayfiyatlari aʼlo. Taʼtildan keyin oʻqishga kirishadi", — dedi u.

Termizda afg‘onlar ikki mutaxassislik – o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi hamda temir yo‘l qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha tahsil oladi. O'qishlari uchun paritet asosida to'lanadi.


Joriy oʻquv yilida Afgʻonistondagi siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli birinchi kurs talabalarini ishga qabul qilish amalga oshirilmadi. Biroq qo‘shni davlat rasmiylari bilan allaqachon kelishuvga erishilgan va 2022-yil fevral oyida yana 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik Termizga maxsus kurslarga keladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.7K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-30 12:40:14 Hurmatli abituriyent!

M.Usmanovdan USTOZLAR va ABITURIENTLARGA yangilik.

OTMlarga kiruvchillar uchun
Matematikadan misol va masalalar to'plami PROFESSIONAL sotuvga berildi.


Batafsil ma'lumot:
https://t.me/MatematikaUsmanov
32.8K views09:40
Ochish/sharhlash
2021-12-29 13:10:04 Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. !

Saralab olish tadbirlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Harbiy-professional yoʻnaltirish,dastlabki saralab olish,test sinovlari.Bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.

Arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 31-martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Dastlabki saralab olish tadbirlari quyidagi ikki bosqichda oʻtkaziladi:

Birinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) uchun – mudofaa ishlari boʻlimlarida, harbiy xizmatchilar uchun – xizmatni oʻtash joyida 1-fevraldan 10-aprelgacha (shu kuni ham);

Ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun – mudofaa ishlari boshqarmalari va Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham).

OHTMga test sinovlarisiz kirish imtiyoziga ega boʻlgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qabul yilining 25-iyunigacha Davlat test markaziga taqdim etiladi.

OHTMda test sinovlari har yili iyul-avgust oylarida nomzodlar tanlagan hududlarda oʻtkaziladi.


Nizomga koʻra shuningdek, kursantlarga oʻqishini bir vazirlik va idoralar OHTMdan boshqa vazirlik va idoralar OHTMga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.3K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-29 12:40:31 Hurmatli abituriyent!

M.Usmanovdan USTOZLAR va ABITURIENTLARGA yangilik.

OTMlarga kiruvchillar uchun
Matematikadan misol va masalalar to'plami PROFESSIONAL sotuvga berildi.


Batafsil ma'lumot:
https://t.me/MatematikaUsmanov
32.4K views09:40
Ochish/sharhlash
2021-12-28 13:10:01 Davlat oliy taʼlim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrda “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarori qabul qilindi.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilayotgan 35 ta oliy taʼlim muassasalariga akademik mustaqillik sohasida qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda .

Kasbiy standartlar asosida oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash hamda taʼlim tili va shaklini belgilash;
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar uchun taʼlim davomiyligi muddatlarini belgilash;
Toʻlov-kontrakt asosida doktoranturada oʻqish qiymatini belgilash va oʻz mablagʻlari hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga qabul qilish;
Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
Bugungi kunda bir vaqtning oʻzida fan doktori 4-6 nafar, dotsent esa 2-3 nafar izlanuvchilarga ilmiy rahbar boʻlishi mumkin.
Magistraturada taʼlimning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini, qoʻsh va amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish;
Oʻzaro kelishuvlar asosida respublikadagi oliy taʼlim muassasalariaro ichki akademik mobillikni amalga oshirish;
Oliy taʼlim muassasasi va uning tuzilmasidagi taʼlim muassasalari uchun oʻz grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish;
Taʼlim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.1K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-25 17:44:40 Qishki taʼtilning boshlanish sanasi oʻzgardi !

Talaba va oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryoʻl va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan eʼtiboran qoʻllanishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrugʻiga asosan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga koʻchirilganligi maʼlum qilinadi.

Sizga qishki taʼtilni mazmunli va maroqli oʻtkazishingizni tilab qolamiz!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
29.6K views14:44
Ochish/sharhlash
2021-12-23 09:10:02 Talaba va oʻquvchilar joriy yil 28-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) oʻquvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki taʼtil etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.5K views06:10
Ochish/sharhlash