Get Mystery Box with random crypto!

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar OTMga su | Abituriyent

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar OTMga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin !

Hukumat qarori (17-son, 11.01.2022) bilan Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilandi.


Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot OTM uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilar kiradi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube