Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2021-12-22 09:10:09
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida bir o‘quvchini bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.8K views06:10
Ochish/sharhlash
2021-12-20 08:40:03 Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga !

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (20-yanvar kuni ham) etib belgilandi.

Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.6K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-12-17 08:40:07
Oʻzbekiston oliygohlarining xalqaro reytingdagi koʻrsatkichlari oshdi !

Oʻzbekistonning toʻrtta oliy ta’lim muassasasi “Quacquarelli Symonds” xalqaro agentligining 2022-yil uchun eng yaxshi universitetlar reytingida koʻrsatkichlar boʻyicha oʻz natijalarini oshirdi.

QS World University Rankings EECA, ya’ni Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reyting natijalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti oʻtgan yili 351+ oʻrin olgan boʻlsa, 2022-yil uchun e’lon qilingan reytingda 100 pogʻona yuqoriga koʻtarilib, 251+ oʻrinni egalladi.

Bundan tashqari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 211+ oʻrin bilan oʻtgan yilgi natijalardan 40 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

Toshkent davlat texnika universiteti va Samarqand davlat universitetlari oʻtgan yilgi 351+ oʻrinni saqlab turishibdi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.6K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-12-17 08:10:17 Hurmatli abituriyent!

M.Usmanovdan USTOZLAR va ABITURIENTLARGA yangilik.

OTMlarga kiruvchillar uchun
Matematikadan misol va masalalar to'plami PROFESSIONAL sotuvga berildi.


Batafsil ma'lumot:
https://t.me/MatematikaUsmanov
32.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-12-16 10:40:08 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi !

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
31.9K views07:40
Ochish/sharhlash
2021-12-16 10:10:18 Hurmatli abituriyent!

M.Usmanovdan USTOZLAR va ABITURIENTLARGA yangilik.

OTMlarga kiruvchillar uchun
Matematikadan misol va masalalar to'plami PROFESSIONAL sotuvga berildi.


Batafsil ma'lumot:
https://t.me/MatematikaUsmanov
31.7K views07:10
Ochish/sharhlash
2021-12-15 08:40:02 Navoiy politexnika universitetini tashkil etish muhokama qilindi !

Qayd etilishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi Navoiy davlat konchilik instituti negizida Navoiy politexnika universiteti tashkil etiladi.

Universitetga quyidagi huquqlar berilishi ko‘zda tutilgan:

Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida (Quacquarelli Symonds World University Rankings, The Times Higher Education World University Rankings, Academic Ranking of World Universities kabi) oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi va dasturlari asosida individual ta’lim trayektoriyalariga asoslanish.

Talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish.

Navoiy viloyati hokimligi universitetga yangi bino va inshootlarni qurish maqsadida 2022 yil may oyiga qadar yer maydoni ajratadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati esa oliygoh uchun yangidan qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish hamda tutash hududlarni rekonstruksiya qilish loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida belgilangan tartibda kiritilishini ta'minlaydi
.

Qaror loyihasida universitetning huquqlari, asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.1K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-12-15 08:10:17 Hurmatli abituriyent!

M.Usmanovdan USTOZLAR va ABITURIENTLARGA yangilik.

OTMlarga kiruvchillar uchun
Matematikadan misol va masalalar to'plami PROFESSIONAL sotuvga berildi.


Batafsil ma'lumot:
https://t.me/MatematikaUsmanov
32.3K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-12-14 08:40:04 Chet tili imtihoni sanalari belgilandi !

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 15-16-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-18-20-21-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.


Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.4K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-12-14 08:10:13 Hurmatli abituriyent!

M.Usmanovdan USTOZLAR va ABITURIENTLARGA yangilik.

OTMlarga kiruvchillar uchun
Matematikadan misol va masalalar to'plami PROFESSIONAL sotuvga berildi.


Batafsil ma'lumot:
https://t.me/MatematikaUsmanov
32.6K views05:10
Ochish/sharhlash