Get Mystery Box with random crypto!

2021/2022-oʻquv yilida uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchi | Abituriyent

2021/2022-oʻquv yilida uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga !

Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

Respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

Ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube