Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2021-12-13 08:40:08 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

Qarorga muvofiq Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi tashkil etildi va universitetning moliyaviy hamda boshqa strategik masalalarini hal qilish vakolati mazkur kengashga berildi.

Shuningdek, universitetda Transformatsiya ofisi ham ta’sis etilmoqda.

Transformatsiya ofisi universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatga kiritish kabi masalalar uchun mas’ul boʻladi.


Shu bilan birga, Universitetga 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab akademik hamda tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasi bo‘yicha qator vakolatlar beriladi.Universitet 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.6K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-12-13 08:10:09 Hurmatli abituriyent!

M.Usmanovdan USTOZLAR va ABITURIENTLARGA yangilik.

OTMlarga kiruvchillar uchun
Matematikadan misol va masalalar to'plami PROFESSIONAL sotuvga berildi.


Batafsil ma'lumot:
https://t.me/MatematikaUsmanov
32.7K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-12-10 13:10:02 Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi !

Bunda mehnat bozori talablariga mos malakali, chet tillarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlash, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasasalarining chet tillar bo‘yicha zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or va innovatsion tajribalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish.

Talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish.


Institut O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.4K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-10 12:40:22
Perevod qilish va oʻqishga kirish imkoniyati hali sizda bor!

XORAZMda joylashgan institutga qabul davom etmoqda.

Yo'nalishlar:
• O'zbek tili Filologiyasi
• Ingliz tili Filologiyasi
• Boshlang'ich ta'lim
• Tarix

Ta'lim shakli:
Sirtqi
• Kunduzgi

Ta'lim inspeksiyasidan litsenziyaga ega!

Pedagogika institutiga teng diplom!

Murojaat uchun:
+998 997661655 || Shaxzoda
+998 996051060 || Dilnavoz
+998 998061060 || Yulduz
+998 997201060 || Shaxzoda
+998 903179190 || Sherzod
+998 998011060 || Ruslan

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod, Samara to'yxonasi
32.4K views09:40
Ochish/sharhlash
2021-12-08 08:10:09 Chet tili imtihoni sanalari belgilandi !

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 15-16-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-18-20-21-dekabr kunlari o‘tkaziladi.


Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.9K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-12-06 08:10:02 Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi !

Prezident qarori (PQ–30-son, 03.12.2021-y.) bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.

Qarorga koʻra, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri sanaladi.

Institut davlat OTM hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Institutda oʻqishni davom ettiradi.


Institut, jumladan:

Xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantiradi;
Ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashgʻulotlar hajmini oshiriradi;
Institut faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni tashkil etadi;


Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023-yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari koʻriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.8K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-12-02 16:40:05 Gibrid ta'lim qanday boʻladi ?

Gibrid ta'lim - bu darsda o'tirish vaqtining ma'lum foizi qisqartirilib, onlayn mashg'ulotlar bilan almashtirilgan darsdir. Ta'limning "gibrid" shakliga o'tilgan holatda, o'quvchilar bilan jonli darslar tashkil qilish davom ettiriliadi. Lekin baholash va o'tilgan mavzu ustida mashqlar bajarish kabi mashg'ulotlarning bir qismi onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ta'kidlash joizki, bunday darslar o'quvchilarning samarali o'qishiga erishish uchun vaqtdan unumli foydalanishga mo'ljallangan.

Shuningdek, Zoom ilovasi yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali guruh bilan darsdan tashqari paytdlarda ham ishlash o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi doimiy aloqani ta'minlaydi. Dars paytida juda muhim bo'lgan ma'lumotlarni berishga ko'proq vaqt qoldiradi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.7K views13:40
Ochish/sharhlash
2021-12-02 11:10:01 Toshkentda yana bitta xorijiy OTM filiali ochiladi !

“Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (710-son, 24.11.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.


Filialda geologiya boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yoʻnalishida tadqiqotlar oʻtkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda taʼlim 2022/2023-oʻquv yilidan kunduzgi shaklda oʻzbek, ingliz va rus tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi.


Qabul paramertlari mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.5K views08:10
Ochish/sharhlash
2021-12-02 08:40:01 TOEFL ITP nima?

TOEFL ITP (Test of English as a Foreign Language) – 14 yoshdan boshlab ona tili ingliz tili bo‘lmagan o‘quvchi, abituriyent, talaba, magistrant va mutaxassislarning ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro test sinovi.

Test sinovning o‘ziga xos xususiyati test sinovi onalyn o‘tkaziladi va talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.


TOEFL ITP test sinovida tilni bilish darajasi 3 ta ko‘nikma bo‘yicha baholanadi:

Tinglab tushunish – umuta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida ishlatiladigan og‘zaki ingliz tilining tinglash qobiliyatini baholaydi.

Tilning tuzilishi va yozilishi – ingliz yozuvidagi ba’zi tizimli va grammatik muammolarni aniqlash qobiliyatini baholaydi.

O‘qish – haqiqiy akademik o‘qish materiallarini o‘qib tushunish qobiliyatini baholaydi.

Test sinovida jami 140 ta test topshirig‘i beriladi va ularni bajarish uchun 1 soat-u 55 daqiqa vaqt ajratiladi.

TOEFL ITP test sinovi tashkilotchisi Educational Testing Services (ETS) bo‘lib, test sinovi haqida to‘liq ma’lumot bilan ets.org/toefl_itp sayti orqali tanishish mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.4K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-12-01 12:40:01 Profilaktika inspektorlari yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud davlat OTMga oʻqishga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin !

“Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 30.11.2021-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilinadi:

Jamoat xavfsizligi universitetiga;
Toshkent davlat yuridik universitetiga;
yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bundan mustasno).


Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga oʻqishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan oʻtkaziladi.

Tavsiyanomalar OTM oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablagʻlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.

Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari OTMning sirtqi taʼlim shakliga qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi
.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maygacha 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma berilishi nazarda tutilgan.

Tavsiyanoma asosida OTMda sirtqi taʼlim shaklida oʻqigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida 5 yil xizmat oʻtab berish majburiyati yuklatiladi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
34.2K views09:40
Ochish/sharhlash