Get Mystery Box with random crypto!

#memorandum YOSHLAR MASALALARI SOHASIDA O‘ZARO HAMKORLIK ME | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#memorandum

YOSHLAR MASALALARI SOHASIDA O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi va Qarshi innovatsion taʼlim universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda mazkur oliy ta’lim muassasasi bilan iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ushbu oliy ta’lim muassasalarida ham boshlang‘ich tashkilotning ta‘sis yig‘ilishi o‘tkazilib, universitetlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ovozga qo‘yildi. Yoshlar tomonidan berilgan ovozlar natijasiga ko‘ra universitet boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi va yo‘nalish kordinatorlari saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook