Get Mystery Box with random crypto!

OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (1-qism) | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (1-qism)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan:

Yoshlar yetakchilari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib belgilandi;

Boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi tashkil qilinadi;

Har yili “Yoshlar kuni” arafasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;

Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi;

Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot kordinatorlari doimiy tarzda moddiy rag‘batlantirib boriladi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Batafsil: http://bit.ly/QarorMatni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook