Get Mystery Box with random crypto!

#YoshlarSayli O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo vil | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#YoshlarSayli

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz shahridagi “San’at saroyi”da “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida Yoshlar sayli o‘tkazildi.

Yoshlar sayli doirasida sport musoboqalari, intellektual o‘yinlar, kamondan o‘q otish hamda baxshichilik festivallari ham tashkil etildi. Yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Kechki dasturlarda xushovoz xonandalarning eng sara kuy-qo‘shiqlari hamda DJ’lar ishtirokidagi shoular tadbir qatnashchilariga quvonch ulashdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook