Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-04-18 11:13:30
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qarorga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi, hamda Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari doimiy tarzda har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirib boriladi.

Guliston davlat universitetida Yoshlar Kengashi a’zoligi hamda fakultet koordinatorligiga ariza bilan murojaat qilgan nomzodlar uchun uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Yoshlar Kengashi a’zoligi hamda fakultet koordinatorligiga 30 dan ortiq talaba-yoshlar ariza bilan murojaat qilishgan.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.2K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-04-18 09:08:12
#YoshChegarachilar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi, DXX chegara qo‘shinlari va Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi hamkorligida N-sonli harbiy qismda chegara oldi hududlarida joylashgan umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yosh chegarachilar” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.2K views06:08
Ochish/sharhlash
2023-04-18 07:05:19
#OTM #Imkoniyat

Maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

86–100 % uchun – 5 baho;
71–85 % – 4 baho;
56–70 % – 3 baho;
56 % gacha – 2 baho.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.

http://bit.ly/OTMgaKirish

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.7K views04:05
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:51:34
#VatangaQasamyod

“Vatanga qasamyod” qabul qilish marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘z yigitlik burchini o‘tash uchun kelgan muddatli harbiy xizmatdagi askarlarning “Vatanga qasamyod” qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbirni tashkil etdi.

Oriyatni, g‘urur va sadoqatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan bizning xalqimiz uchun Vatanga qasamyod — bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha’ni, oru nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli hamda sharafli burchini ado etishga bel bog‘lab, ahdu paymon qilishdir.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
984 views11:51
Ochish/sharhlash
2023-04-17 09:44:57
#foydali

Top 500 oliygohni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun qoʻshimcha ustamalar joriy qilingan

Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan, nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qoʻshimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

Ustamalar miqdori bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

http://bit.ly/Ustamalar

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.5K views06:44
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:33:39
#YoshlarSayli

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘rda” ekologik bog‘ida “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida Yoshlar sayli o‘tkazildi.

Yoshlar sayli doirasida sport musoboqalari, kamondan o‘q otish hamda munozara intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Kechki dasturlarda xushovoz xonandalarning eng sara kuy-qo‘shiqlari tadbir qatnashchilariga quvonch ulashdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.5K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-04-15 16:08:20
#MahallaYetakchisi

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tadirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: http://bit.ly/MahallaYetakchisi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
966 views13:08
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:21:53


Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi, vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda”, – deyiladi bayonotda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views08:21
Ochish/sharhlash
2023-04-15 08:53:36
#Suhbat #Sirdaryo

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qarorga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi, hamda Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari doimiy tarzda har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirib boriladi.

Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari Yoshlar Kengashi a'zoligi hamda fakultet koordinatorligiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi.

Nomzodlar 2 bosqichda saralandi. Birinchi bosqichda yoshlar tashkilotlari hamda mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlar borasidagi bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovi o‘tkazilib, ikkinchi bosqichda har bir nomzod bilan yakkama-yakka suhbat jarayoni amalga oshirildi.

Suhbatda 60 dan ortiq nomzodlar ishtirok etishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views05:53
Ochish/sharhlash
2023-04-15 07:40:20
#Ajdodlar_izidan #Xorazm

Xorazmda “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi yosh harbiy xizmatchilar ishtirokida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yin viktorina shaklida tashkil qilinib, jamoalar buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi kitoblar asosida tayyorlangan savollarga javob berishdi.

Eng yuqori natijalarni qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom hamda kitob jamlanmalari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views04:40
Ochish/sharhlash