Get Mystery Box with random crypto!

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati o'yinlariga chiptasi bo‘lgan | Xushnudbek.uz

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati o'yinlariga chiptasi bo‘lganlarga temir yo‘l chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

Bu “2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorida nazarda tutilgan.

Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilangan:

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) BEPUL foydalanadi;

2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi;

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni QR-kod yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.


@xushnudbek