Get Mystery Box with random crypto!

“Nasaf” — uch karra O’zbekiston superkubogi sohibi bo’ldi! Bu | Xushnudbek.uz

“Nasaf” — uch karra O’zbekiston superkubogi sohibi bo’ldi!

Bugun superkubok bahsida qarshiliklar “Paxtakor” ustidan penaltilar seriyasiga ko’ra g’alaba qozondi.

Asosiy vaqtda hisob 1:1 bo’ldi. Penaltilar seriyasida esa “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matovning qahramonligi evaziga “Ajdarlar”ning qo’li baland keldi. Abduvohid 3 ta zarbani qaytardi va kamiga o’zi ham eng hal qiluvchi pallada juda chiroyli gol urdi.

“Nasaf” jamoasi muxlislarini chin qalbdan tabriklayman!


@xushnudbek